11. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishda qanday mustaqil ishlardan foydalaniladi?
A) Ichda o’qish, rasmga qarab hikoya tuzish
B) Kesma harflardan alifbedagi matnni tuzish
C) O’qituvchi bergan savolga javob tayyorlash
D) Rasm chizish, harf terish kartoni va abakda analitik-sintetik ishlarni bajarish, bo’g’inlar kassasidan foydalangan holda so’z tuzish, ichda o’qish, yozuv daftarida yozish, hikoya tuzish
12. “Alifbe” darsligini tuzishda qanday xususiy mezonlarga asoslaniladi?
A) g’oyaviylik, bayonning ilmiyligi, tushunarliligi
B) ko’satmalilik, onglilik
C) o’uv materialining hayot bilan aloqadorligi
D) barcha javoblar to’g’ri
13. “Alifbe” darsligi tuzilishida e’tibor qaratiladigan ilmiy-pedagogik tamoyillar...
A) Alifbe hajmi savod o’rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo’lishi, badiiy didni o’stirish va tarbiyalash tamoyili asosida tuzilishi, hajmi, qog’ozi, barcha tasvirlari, shakl va mazmun birligiga rioya qilishi, soddadan murakkabga tamoyili asosida tuzilishi
B) Tashqi tomondan o’quvchini o’ziga jalb qila oladigan, rasmlarga boy, o’quvchilarning badiiy va estetik didini o’stira oladigan va ilmiy bo’lishi
C) O’quvchining yoshi va psixologik xususiyatlariga mos bo’lishi, foydalanishda qulay, osondan qiyinga tamoyili asosida yaratilishi
D) Bolaga borliq haqida to’la bilim berishi, osondan murakkabga tamoyili asosida yaratilishi, rasmlarga boy bo’lishi
14. Savod o’gatish jarayonida differentsial yondashuvda topshiriqlar qay tarzda beriladi?
A) Uchala guruh uchun asosiy o’quv materiali “Alifbe” darsligi hisoblanadi
B) 1-guruh uchun “Alifbe” va qo’shimcha topshiriqlar, 2-guruh uchun alifbedagi matnlar, jadvallar, 3-guruh uchun ham alifbe materiallaridan foydalaniladi
C) 1-guruh uchun “Alifbe” ning materiali, 2-guruh uchun alifbedagi matn, 3-guruh uchun alifbedagi so’zlar ustunchasi
D) 1-guruh “Alifbe” va qo’shimcha topshiriqlar, tarqatma materiallar, 2-guruh uchun alifbe materiali, 3-guruh uchun jamoaviy tayyorgarlikdan so’ng yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilardan alifbe materialini o’qitish
Dostları ilə paylaş: |