Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“


Badiiy asar matni ustida ishlash



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə13/24
tarix16.06.2023
ölçüsü52,39 Kb.
#131286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
kitobcha

Badiiy asar matni ustida ishlash
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir.
Asar tahlili jarayonida m atn ustida ishlashning quyidagi tu rlaridan foydalaniladi:

  1. Tanlab o‘qish

  2. 0 ‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi.

  3. 3. O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish

  4. Matnni tasvirlash

M atnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.

  1. Asar rejasini tuzish

Reja tuzish „oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o'tkazib boriladi. O'quvchilar 1 -sinfda o'qilgan kichik matnga o'qituvchi rahbarligida so'roq gap tarwww.ziyouz.com kutubxonasi zida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o'qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o'qilgan m atn rejasini jam oa bo'lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu m ashqni topshirishdan oldin ayrim so'zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o'qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. O 'quv yilining ikkinchi yarm idan boshlab ichda o'qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni o'qish va o'z so'zi bilan gapirib berish, m atndan o'qituvchi bergan savolga javob bo'ladigan o'rinni topish kabi topshiriqlar berilishi mumkin.
2. O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalami diqqat-e’tibor bilan o'qishga o'rgatadi; bu ish turidan oz komplektli m aktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. M ashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: aw al o'quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning m azm unini o'zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g'oyasini bilib oladilar, voqeahodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishlarini tushunadilar.

Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin