Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash


SAVOD O'RGATISHDA YARATILGAN METODIK QO'LLANMALARNING QIYOSIY TANQIDIY TAHLILI



Yüklə 91,15 Kb.
səhifə13/22
tarix23.05.2023
ölçüsü91,15 Kb.
#120097
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Ona tili китобча

SAVOD O'RGATISHDA YARATILGAN METODIK QO'LLANMALARNING QIYOSIY TANQIDIY TAHLILI
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning “hijjai qadimiy” deb atalgan usuli asarlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin.
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (harfiy metod). Bu metodning mohiyati asosan quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktab xonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, ularni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan keyin arab alfaviti yodlatila boshlagan; bola uyida har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va h. Bolalar 26 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a bilib olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o’ylab topganlar (- uzunchoqqina alif, bittagina be, - ikkitagina te, uchtagina se kabi).
2-bosqich. Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, bo’g’in hosil qilishga, ya’ni “zeru-zabar”ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda “zeru-zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar (be, zabar-be), (be-zer-bi), (be-pesh-bu), (te-zabar-ta), h. kabi o’rgatsalar, boshqa ba’zilari be, ba, te, zabar, ta,...kabi yana boshqalari: be, zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a; zer-i, pesh-u... deb o’rgatadilar va h.
Maktabxonada “zeru-zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarni ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg’u belgisiga o’xshash chiziqcha bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi. Zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu undoshga i unli tovushini qo’shib aytish kerakligini bildiradi. Pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib, shu undosh tovushga u unlisini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o’qish uchun “zeru zabar”ni bilish juda zarur bo’lgan, ammo o’qishga o’rgatish anglab o’qishga asoslanmagani uchun, bolalar mim zabar ma, mim, zer mi, mim pesh, mu deb yodlaganlar. “zeru-zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.

Yüklə 91,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin