Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash


SAVOD O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH



Yüklə 91,15 Kb.
səhifə15/22
tarix23.05.2023
ölçüsü91,15 Kb.
#120097
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Ona tili китобча

SAVOD O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH
Bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish, davrida savod o’rgatish darslarini to’g’ri tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Analitik-sintetik tovush metodida o’qish va yozish darslari bir vaqtda, parallel olib boriladi. Bir soatda tovush-harf o’rganilsa, keyingi darsda o’sha tovushni ifodalovchi harfning yozilishi o’rgatiladi, har ikki turdagi darsni to’g’ri tahlil qilish uchun quydagilarga e’tibor beriladi; 1.Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berilib, uni so’nggi yutuqlar bilan to’ldirib borish. 2. O’quvchilarni yosh va fizialogik jihatlariga e’tibor berish. 3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish ishlarini keng qo’llash. 4. O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish. 5. Alifbo va unga qo’shimcha materillardan unumli foydalanish. Savod o’rgatish jarayoni o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham g’oyat ma’suliyatli davr bo’lib ulardan kuch, g’ayratni, bilmni talab etadi. Bu davrdagi darslar qanchalik qiziqarli va ta’sirli tashkil qilinsa bolaning savodini chiqarish shunchalik oson kechadi, ularning o’qishni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortadi. Buning uchun mualimlar bolada motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. Motiv kishini biror ish harakatga undovchi, da’vat, turtki. Motiv bolada bilim olish ishtiyoqiga va qiziqish uyg’otadi. O’qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan holi bo’lmaydi. Motiv hosil qilishga ta’limiy o’yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib bolalar jiddiy sinov turadi. Bola yangi jamoa-maktab jamoasiga kirib boradi, endi shu jamoaning 54 asosi ekaninni his etishga intizomga yangi sharoitiga moslashishiga majbur bo’ladi. 13 Bola kichkina bo’lishga qaramay uni bajaradigan ishlari ko’p. Bular maktab, o’qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab vazifalarni bajarish va boshqalar. Muhimi o’yindan maktabga, kundalik majburiy va uzoq mehnatga o’tish bola hayotida tub burilishdir. Buning o’zi bo’lmaydi; hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan bolalarga ham bu oson emas. Uydan maktabga kelgan bolalar uchun yana ham qiyindir. Ayniqsa 40-45 minutlik darsda o’tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi bola o’qishida maktabdan sovushi mumkin. Shuning uchun ham o’qituvchilar bola faoliyatini qiziqarli tashkil etishga intilishlari motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Uni bolalar yoshiga psixalogik xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositalariga nazariy bo’limlar oson egallanadi; o’quvchilarning bilim olishda qiziqishlari ortadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday usul o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqazishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosoiy figuraga aylanadi. Darlarda yangi pedagogik texnologiyalarni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi, so'ngra sinfda xar tomonlama muxokama etiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchining sinfda o'zini 13 Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11 Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 55 erkin xis qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jixatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Yangi pedagogik texnologiyalar xilma-xil bo'lib, qaysi metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Ulardan interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon. Interfaol metodlarning qo'llanishi darslarda beixtiyor psixologik o'yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo'sh o'quvchilarni ham bir oz bo'lsada, o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo'lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. O'quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo'yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi lozim. Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o'quvchiga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo'llanmoqchi bo'lgan interfaol usulini ko'rib bo'lgach, o'zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko'rgazmailardan keragini qirqib olib konvertga solib qo’yishingiz, mavzularni o’rgatishda ishlatishingiz mumkin. Interfaol uisullardan foydalanib o'tganda quyidagilarga etibor berish lozim.14 l. O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga ishonch xosil qilaman. 2. Guruhda sust o'quvchilar va bilimi kuchli o'quvchilar teng bo'lishiga e'tibor beraman. 3. Jamoa bo'lib o'rganish yoki muxokama vaqtida shovqin bo'ladi, bunga e'tibor bermayman. 4. Har bir guruhning ishiga e'tibor beraman, kerak bo'lsa yordam beraman. 5. Mustaqil fikr va g'oyalarni olqishlab, rag'batlantiraman. 6. Guruhlarga doimo aniq tushunarli yo'rliqlar beraman. Vazifani tez bajargan 14 Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11 Vasikova Shaxnozani maxsus sayti. 56 guruhga qo'shimcha topshiriq tayyorlab qo'yaman. 7. Guruhlarda ishlayotganda ularni kuzataman, eshitaman. Passiv o'quvchilarni qiziqtirib mavzuga jalb qilishga xarakat qilaman. Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar" bahs-munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yozdam beradi. 4. Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali metoddir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam beradi. Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga yordam beradi. Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama-qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga chaqirish, munosabat bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida mavzuning o'quvchilar tomonidan qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsning maqsadi - birgalikda o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur berishdir. Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda, sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma shakl (doira, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi. Kesim shakli o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin. Tayyorlab qo'yilgan rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda 57 har-bir o'quvchi, ixtiyoriy ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab oladi). O'quvchilar tanlab olgan kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, o'quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan: Oq rang 1 -guruh Yashil rang 2-guruh Ko'k rang 3-guruh Jigar rang 4-guruh Sariq rang 5-guruh Qizil rang 6-guruh Interfaol usullardan foydalanib dars o'tishda: O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling. Guruhlarga bo'lishda o'quvchilarga "tazyiq" ko'rsatmang. Har qanday sharoitda ham guruhlar bilan iliq munosabatda bo'ling. guruh a'zolarini kuzating. Jamoa bo'lib o'rganish yoki muhokama vaqtidagi shovqinga ko'nikish uchun tayyorgarlik ko'ring. Baholash va mukofotlash tizimingiz guruhlar ishlariga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida o'ylab ko'ring. Muvaffaqiyatli guruh ish uchun guruhga mukofat tayyorlang (imkon darajasida). Guruhlar uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa guruhlarda nisbatan vazifasini ertaroq bergan guruhni band qilish yo'llarini o'ylab ko'rig. Mustaqil fikr va g'oyni olqishlang. Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi: o'quvchilarda hozirjavoblik, hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga «Asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan iboratdir. Hozirda keng qo'llanib kelayotgan, metodlardan biri bu "Klaster" metodi ham o'quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoyt yaratishga yordam beradi. Bunda o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.

Yüklə 91,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin