Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi



Yüklə 94,89 Kb.
səhifə3/5
tarix22.06.2023
ölçüsü94,89 Kb.
#133892
1   2   3   4   5
Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi

Oʻqib tushunish
Maktabda birinchi sinfda harflar va yozma matnni oʻqish oʻrgatiladi. Keyinchalik oʻqish darslarida matnni oʻqib tushunish koʻnikmasiga eʼtibor qaratiladi. 5-sinfdan keyin matnni tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham baʼzan matndan parchalar beriladi, ammo ular bevosita oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi. Badiiyat obrazlar bilan ish koʻrar ekan, unda matnda qoʻllangan vositalarni toʻgʻri dekodlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmaydi. Ona tili fani doirasida esa grammatik qonun-qoidalar matndan uzib olingan alohida gaplar misolida tushuntiriladi, matnni til birligi sifatida oʻrganish, tahlil qilishga koʻp eʼtibor qaratilmaydi. 

Matnni oʻqib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon boʻlib, grafemalarni tanish, soʻzni oʻqish, soʻzning lugʻaviy maʼnosini, kontekstual maʼnosini anglash, sintaktik strukturani toʻgʻri hal etish (yaʼni soʻzlarning oʻzaro munosabati, qaysi soʻz gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini tushunish kabi darajalardan iborat boʻladi . Mazkur darajalar matnni tushunish, uning mazmuniy proyektsiyasini ongda hosil qilgunga qadar kechadigan jarayonlar boʻlib, matnni oʻqib chiqqan har bir oʻquvchi mazkur darajalardan oʻtib matnni toʻliq tushunadi deb boʻlmaydi. Har bir oʻquvchining qabul qilish qobiliyati har xil boʻlgani uchun matnni bir xilda oʻqib chiqqanlar tushunishning har xil darajasida turgan boʻladi. Oʻqituvchi ushbu darajalarni yaxshi bilsa, savollar yordamida oʻquvchining qaysi darajada turganini aniqlashi, matnni yaxshiroq tushunishi uchun yoʻnalish berishi mumkin boʻladi. Ona tili darsliklaridagi matn bilan ishlash mashqlari ham mazkur nazariy maʼlumotga asoslanishi lozim. Masalan, matnni tushunishning dastlabki darajasi assotsiativ daraja boʻlsa, unda oʻquvchida matn mavzusi, matn uslubi va matndagi soʻzlarga assotsiatsiyalar yuzaga keladi. Keyingi daraja bu leksik-morfologik daraja boʻlib, bunda oʻquvchi matndagi soʻzlarni va ularning maʼnosini tushunadi. Uchinchi daraja kontekstual daraja boʻlib, unda soʻzlarning kontekstual maʼnolari anglashiladi. Fikrimizcha, matn bilan bogʻliq mashqlarda aynan shu uchinchi darajaga koʻproq urgʻu berilishi kerak, chunki unda soʻzlarning matn ichida qanday maʼnoda kelayotgani anglashiladi, demakki, soʻzlar alohida birlik darajasidan matn mazmunining tarkibiy qismi darajasiga koʻtariladi. Oʻquvchiga matnda maʼlum tushunchani ifodalayotgan soʻzlarni va soʻz birikmalarini topish, matndagi jumlani oʻz soʻzlari bilan ifoda etish kabi topshiriqlar soʻzning kontekstual maʼnosiga yaxshiroq eʼtibor berishga undaydi. Shu kabi mashqlar asosida bolada matnni diqqat bilan oʻqish koʻnikmasi shakllanib boradi. 





Yüklə 94,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin