Ong haqida tushuncha va uning xossalari Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»
Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.
Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Ong xossalari haqida tushuncha
Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z -o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi,
harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi.