O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult



Yüklə 146,94 Kb.
səhifə6/16
tarix07.01.2024
ölçüsü146,94 Kb.
#208423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
OSKE nevralogiya

Faol harakatlarni tekshirish. Bemorning o'zi mustaqil ravishda bajaradigan harakatlarga fao l harakatlar deb aytiladi. Vrach ko'rsatmasiga binoan bemor barcha bo'g'imlarda turli harakatlarni o'zi bajaradi. Bunday harakatlar avval qo'llar, so'ngra oyoqlarda tekshiriladi. Masalan, qo'l panjasini bukadi- yozadi, qo'lni tirsak bo'g'imida bukib-ochadi, yozilgan qo'llarni pronatsiya va supinatsiya qiladi, oyog'ini ko'taradi.
Passiv harakatlarni tekshirish. Bemorning turli bo'g'imlarida vrach tomonidan bajariladigan harakatlarga passiv harakatlar deyiladi. Bemordan faol harakatlar qilmasdan tinch o'tirish so'raladi. Demak, faol harakatlarni bemorning o'zi mustaqil bajarsa, passiv harakatlarni bemorda vrachning o'zi bajarib o'rganadi. Farqi ana shunda. Passiv harakatlarni tekshirishdan asosiy maqsad - turli bo'g'imlarda harakatlar hajmi va muskullar tonusini o'rganishdir. Harakatlar hajmi bo'g'imlar kontrakturasi, suyaklar jarohati, pay cho'zilishi, muskullarning spastik yoki plastik gipertonusida
chegaralanadi.
Muskullar tonusini tekshirish. Muskul tonusi deganda, uning taranglik darajasi tushuniladi. Sog'lom odamda har bir muskul muayyan taranglikka ega. Sport bilan muttasil shug'ullanuvchilarda
muskullar qattiq va yaxshi rivojlangan bo'lsa, gipodinamiyada ular bo'shashgan bo'ladi. Muskullar tonusini tekshirish uchun bemordan tinch o'tirish so'raladi. So'ngra vrach bo'g'imlarda passiv harakatlarni amalga oshirib muskullar tonusini o'rgana boshlaydi. Normada tekshirilayotgan muskulda muayyan taranglik seziladi. Ushbu taranglikni vrach to'g'ri baholay olishi kerak. Aks holda
sog'lom odamda ham muskul tonusi oshgan yoki pasaygan deb noto'g'ri xulosa chiqarish mumkin.
Bemor tekshiruvga sun’iy qarshilik ko'rsatmasligi uchun uning fikri chalg'itiladi. Muskul tonusi qo'l-oyoqlarning bukuvchi va yozuvchi muskullari hamda pronator va supinatorlarda tekshiriladi. Muskul tonusi pasayishiga gipotoniya, yo'qolishiga atoniya, kuchayishiga gipertonus deb aytiladi.
Oldingi markaziy pushtadan boshlanuvchi markaziy pyramidal yo'l zararlansa, muskul tonusi oshadi, ya’ni unda spastik gipertonus kuzatiladi. Parkinsonizmda ham muskullar tonusi oshadi. Biroq bunga plastik gipertonus deyiladi. Spastik gipertonusda bo'g'imlarda passiv harakatlarni bajarayotgan vrach dastlab muskullarda qarshilik sezadi, keyinchalik esa bu qarshilik yo'qolib boradi. Plastik gipertonusda esa passiv harakatlarni bajarayotgan vrach dastlab muskullar qarshiligini sezmaydi,
so'ngra uning notekis tarzda oshayotganini sezadi. Bu holatga "tish lig 'ild irak " simptomi deyiladi.

Yüklə 146,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin