O’ng tomonlama bosh miyada qon aylanishning o’tkir buzulishi. Ishemik insult



Yüklə 146,94 Kb.
səhifə8/16
tarix07.01.2024
ölçüsü146,94 Kb.
#208423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
OSKE nevralogiya

H a ro ra t sezgisini tekshirish. Harorat sezgisi issiq (40-50°C) va sovuq (20-25°C)
suv solingan ikkita probirka yordamida tekshiriladi. Sinaluvchi ko'zlarini yumadi. So'ngra issiq va sovuq suv solingan probirkalar tekshirilayotgan joyga ketma-ket tekkiziladi. Sinaluvchidan qaysi probirka issiq, qaysi biri sovuq deb so'raladi
Taktil sezgini tekshirish. Sinaluvchi ko'zlarini yumadi. Vrach tekshirish zarur bo'lgan sohaga momiq paxta yoki yumshoq qog'oz uchini tekkizib yurgizadi. Normada bu sezgi saqlangan bo'ladi.
B. Chuqur sezgini tekshirish
1. Passiv h a ra k a tla r sezgisi. Passiv harakatlar sezgisini tekshirish qo'l va oyoqlarning mayda bo'g'imlaridan boshlanadi. Sinaluvchidan ko'zlarini yumish so'raladi. Vrach uning bitta barmog'ini ushlab pastga, tepaga va yon tomonlarga ohista bukadi. Normada bo'g'imlarning qaysi tomonga harakatlantirilayotgani seziladi. Agar mayda bo'g'imlardagi passiv harakatlarni sinaluvchi sezmasa, bu harakatlar yirikroq bo'g'imlarda amalga oshiriladi. Sezgi ikkala tomonda ham tekshiriladi.
Vibratsiya sezgisi. Vibratsiya sezgisi kamerton yordamida tekshiriladi. Buning uchun kamerton biror narsaga sekin uriladi va vibratsiya holatiga keltiriladi. So'ngra kamerton suyak o'siqchalariga
qo'yiladi. Sinaluvchidan vibratsiyani sezayapsizmi, deb so'raladi. Normada bu sezgi saqlangan bo'ladi. Vibratsiya sezgisi qo'l va oyoqlarda ikkala tomonda ham tekshiriladi. Ushbu sezgi vibratsiya kasalligi, orqa miya so'xtasi, tarqoq skleroz va ba’zi polinevropatiyalarda susayadi yoki so'nadi.
Stereognoz. Sinaluvchidan ko'zlarini yumish so'raladi. So'ngra uning qo'liga avval tanish bo'lgan narsalardan biri, ya'ni kalit, to'g'nog'ich, o'chirg'ich yoki qalam qo'yiladi. ushbu narsaning nimaligi, shakli, qattiq yoki yumshoqligini paypaslab aytib berishi kerak. Normada bu sezgi saqlangan bo'ladi.Stereognoz katta yarimshar po'stlog'ining parietal qisminzararlanishi uchun juda xos.
2. Lokalizatsiya. Sinaluvchidan ko'zlarini yumish so'raladi. So'ngra tananing turli joylariga o'tmas uchli narsa tekkiziladi. Bemor ko'zini ochib o'sha tekkan joyni barmoq uchi bilan ko'rsatib beradi. Sog'lom odam bu joyni 1 sm aniqlikda ko'rsata oladi.
Masala.
33 yoshli ayol yuz asimmetriyasiga, chap kuz yosh okishiga, chap tomonlama kulok orka soxasida ogrikka shikoyat kilmokda. Kasallik simptomlari bir kun avval boshlangan, uzidagi bu xolatlarni sovukda bir necha kun bosh kiyimsiz yurishi bilan boglaydi. Tekshiruvda yuz asimmetriyasi: chap tomonda lagoftalьm, chap burun lab burmasining silliklashuvi, ogiz burchagining tushishi aniklandi. Mimik sinamalarni bajarayotganda chap tomondagi barcha mimik mushaklar xolsiz, Bella simptomi musbat, chap tomonlama tilning oldingi uchdan ikki kismida taʼm sezgisi pasaygan.
Nazorat savollari
1. Taxminiy tashxisni kuying. N.FACIALIS NING N,PETROUS SUPERFICIALIS MAJOR VA N,STAPEDIUS ORASIDA ZARARLANISH. Fatsialis nevrit
2. Mimik sinamalarni tekshirish usulini kursating.

Yüklə 146,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin