1. Ko'ruv o 'tkirligi (visus). Sivsev (harflar) va Landolt jadvallari (ochiq halqalar) yordamida tekshiriladi. Tekshirish uchun qo'yilgan jadvalga yorug'lik tushib turishi kerak. Ko'ruv o'tkirligi har bir ko'zda alohida-alohida tekshiriladi. Sinaluvchi 5 metr uzoqlikdagi masofada o'tiradi. Bunda ikkinchi ko'z kaft bilan yopib turiladi Sog'lom odam eng pastda, ya’ni 10-qatordagi harflarni (halqalarni) bemalol ko'radi. Agar sinaluvchi 9-qatorni ko'rsa - Vis = 0,9, 8-qatorni ko'rsa - Vis = 0,8, 7-qatorni ko'rsa - Vis= 0,7 (va h.k.) deb yoziladi. Hozirda visus maxsus zamonaviy asbob-uskunalarda yuqori darajadagi aniqlik bilan o'rganiladi. Ko'ruv o'tkirligi normada 1,0 ga teng. Ko'ruv o'tkirligi pasaysa - ambliopiya, yo'qolsa - amavroz deb aytiladi. Yosh bolalarda ko'ruv o'tkirligi biroz past bo'ladi. Masalan, 3 yoshli bolada ko'ruv o'tkirligi 0,6-0,8 ga teng bo'lsa, 5-6 yoshga kelib 0,9-1,0ga yetadi.
2. Ranglarni ko'rib farqlash. Maxsus polixromatik jadval yordamida tekshiriladi. Yashil va qizil ranglarni ajrata olmaslikka daltonizm, ranglarga ko'rlik esa axromatopsiya deyiladi.
3. Ko'ruv maydoni. Perimetr yordamida tekshiriladi. Ko‘ruv maydonining tashqi, ichki, yuqori va pastki chegaralari farqlanadi. Ko'ruv maydonini tekshirishning bir nechta oddiy usullari bo'lib, ular bilan tanishtirib chiqamiz. Normada ko'ruv maydonining tashqi chegaralari 90°, ichki chegarasi 60°, pastki chegarasi 70°, yuqori chegarasi 60° ga teng.
1-usul. Ko'ruv maydonini perimetr yordamida tekshirish. Dastlab tekshiruv qoidalari sinaluvchiga tushuntiriladi. Sinaluvchi perimeter ro'parasiga qulay o'tirib oladi va iyagini perimetrning qoq o'rtasida joylashgan maxsus qurilmaga qo'yadi. Unga bir ko'zini kafti bilan bekitib, ikkinchi ko'zi bilan perimetr o'rtasida joylashgan
oq dog'ga qarash buyuriladi. Vrach uchi oq dog' . Ko'ruv maydonini bilan belgilangan cho'pni perimetr yordamida tekshirish (yoki qalamni) perimetrning tashqi tomonidan markaz tomonga qarab sekin yurgizib keladi. Sinaluvchi perimetr markazi tomon yaqinlashib kelayotgan
oq dog'ni ko'rsa, o'sha joy ko'ruv maydoni chegarasi hisoblanadi. Xuddi shu tartibda ko'ruv maydonining qolgan chegaralari aniqlab olinadi.