Kredit shartnomasi – Sug‘urta qildiruvchi va Qarzdor o‘rtasida qaytaruvchanlik, foizlilik, ta’minlanganlik
va muddatlilik shartlari asosida pul mablag‘larini ajratish maqsadida onlayn rasmiylashtiriladigan hujjat (ommaviy
oferta);
Sug‘urta hodisasi – sug‘urta muddati mobaynida haqiqatdan sodir bo‘lgan voqea bo‘lib, uning sodir
bo‘lishi bilan Sug‘urtalovchida sug‘urta qoplamasini to‘lash majburiyati yuzaga keladi.
Sug‘urta puli – Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga
to‘lanadigan sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori.
Sug‘urta mukofoti – mazkur ommaviy ofertada belgilangan tartib va muddatlarda to‘lanishi shart bo‘lgan
sug‘urta uchun to‘lov. Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi va/yoki qonunchilikda ta’qiqlanmagan shartlarda
uchinchi shaxslar tomonidan to‘lanishi mumkin.
Sug‘urta qoplamasi – sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga
to‘lanadigan pul mablag‘lari.
Sug‘urta polisi – Sug‘urtalovchining sug‘urtalash tartibiga ko‘ra, sug‘urta qoplamasini to‘lash
majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat.
Oferta (ommaviy oferta)
– shartnomaning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan, taklif kiritayotgan
shaxsning javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga bo‘lgan
xohish-irodasi bilinib turgan taklif.
Onlayn mıkroqarzlarni sug‘urta qilish bo‘yicha ommaviy oferta - sug‘urtalashning barcha muhim
shartlari va tartiblarini o‘zida aks ettirgan, cheklanmagan shaxslar bilan taklifda ko‘rsatilgan shartlar asosida
ommaviy oferta tuzishga bo‘lgan xohishini o‘zida aks ettirgan taklif.
Zarar – Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Qarzdorning Sug‘urta qildiruvchi oldidagi o‘z majburiyatlarini
to‘liq yoki qisman bajarmasligi natijasida Sug‘urta qildiruvchi undirmagan kreditning penya, foiz va asosiy qarz
mablag‘lari. Majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi yuzasidan hisoblangan jarimaga
nisbatan hech qanday javobgarlik olib borilmaydi. Zarar miqdori shartnoma shartlariga asosan aniqlanadi.
To‘lov sanasi – Kredit shartnomasiga (to‘lov grafigiga) asosan Qarzdor tomonidan Sug‘urta qildiruvchi
oldidagi kredit bo‘yicha foiz qarzdorligini va asosiy qarzni to‘lash kuni yohud bank filialining kredit qarzdorligini
muddatidan oldin to‘liq undirish yuzasidan rasmiy xati chiqarilgan kun.