2.1. Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta mukofotini ommaviy ofertada
ko‘rsatilgan miqdor va muddatda to‘lanishi evaziga, sug‘urta qoplamasini belgilangan tartibda va miqdorda qoplash
majburiyatini oladi.
3. SUG‘URTA HODISASI
3.1. Qarzdor tomonidan kredit shartnomasining kredit to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari 90 kundan ortiq
muddat davomida surunkali bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, qarz oluvchi vafot etishi, 1-chi gurux
nogironi bu‘lishi natijasida kredit to‘lovlarini shartnomada belgilangan muddatda va miqdorda tu‘lanishi tushuniladi.
4.
SUG‘URTA HODISASIDAN ISTISNOLAR
4.1.
Sug‘urtalovchi
quyidagi
hollarda
sug‘urta
qoplamasini
to‘lashni
rad
etishi
mumkin:
4.1.1. Agar Sug‘urta qildiruvchining qasddan qilgan harakatlari yoki harakatsizligi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishiga
yo‘naltirilgan
bo‘lsa;
4.1.2. Zarar ommaviy ofertada ko‘rsatilgan “sug‘urta hodisasi” oqibatida vujudga kelmagan bo‘lsa;
4.1.3. Sug‘urta shartlariga ko‘ra, belgilangan muddatlarda murojaat qilinmagan bo‘lsa (FK 951-moddasi);
4.2. Kreditdan foydalanganlik uchun hisoblangan jarimalar, kredit shartnomasini bajarmaganlik uchun Qarzdor zim
masiga hisoblangan boshqa mablag‘lar, o‘zgalar mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar, da’volar bo‘yicha qo
plamalar,
to‘lanmagan
pullar
bo‘yicha
qarzlarni
undirish
bilan bog‘liq sud harajatlarga nisbatan Sug‘urtalovchi hech qanday javobgarlik olib bormaydi.
4.3. Sug‘urtalovchi quyidagilar natijasida ko‘rilgan yoki yuzaga kelgan zararlar uchun majburiyatni o‘z zimmasiga o
olmaydi:
4.3.1. Qarzdordan tashqari, har qanday uchinchi tomonning to‘lovga qobiliyatsizligi /moliyaviy
majburiyatlarini
bajarmasligi;
4.3.2. Sug‘urtalovchi bilan yozma kelishmasdan ommaviy ofertaning amal qilishi davrida, kreditning to‘lov sanasini,
muddatini, kredit shartnomasining boshqa shartlarini o‘zgartirilishi.
5.
Dostları ilə paylaş: