10. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
10.1. Tomonlar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
10.2. Ommaviy oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari yengib bo‘lmas kuch (fors major) ta’sirida kelib
chiqqan bo‘lsa, tomonlar javobgarlikdan ozod bo‘ladilar. Yengib bo‘lmas kuch ta’sirida bo‘lgan tomon boshqa
tomonni bunday shart-sharoit yuzaga kelganligi va qancha davom etishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor qilishi
shart.
11. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
11.1. Ommaviy ofertadan kelib chiquvchi yoki u bilan bog‘liq bahslar, kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida
kelishuv yo‘li bilan hal etiladi. Tomonlar o‘rtasidagi nizolar kelishuv yo‘li bilan hal etilmaganda, nizolar amaldagi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli sudlarda ko‘rib chiqiladi.
12. BOSHQA SHARTLAR
12.1. Mazkur shartnomaning bir yoki bir nechta sharti qonunga yoki sud qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotsa,
shartnomaning boshqa shartlari bekor bo‘lishiga asos bo‘lmaydi.
12.2. Tomonlarning ushbu ommaviy ofertada bayon etilmagan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
SUG‘URTALOVCHI
SUG’URTA QILDIRUVCHI
«Imkon-Sug`urta» АJ
Adres:100007, Toshkent sh , Mirzo
Ulugbek tumani, Mustakillik ko‘ch. 17 uy,
h/r: 20208000305062314001
«Ipoteka-bank» ATIB
00937
STIR: 306317501
Email: info@imkonsugurta.uz
Tel.: (+998 71) 207-48-84
Boshqaruv rayisi
______________________ Namozov A.K.
F.I.Sh. ФИО клиента
H/r
номер
счета
электронного кошелька
Tel.: номер телефона клиента
Adres: Адрес клиента
Passport
ma’lumotlari:
Паспортные
данные
Dostları ilə paylaş: |