Onlayn mikroqarz


 SUG‘URTA QOPLAMASINING TO‘LASH TARTIBI



Yüklə 124,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix13.09.2023
ölçüsü124,47 Kb.
#143227
1   2   3   4   5   6   7
oferta2023 uz

9. SUG‘URTA QOPLAMASINING TO‘LASH TARTIBI
9.1. Ommaviy oferta shartlariga ko‘ra, sug‘urta hodisasi deb tan olinishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘lsa,
Sug‘urta qildiruvchi darhol, lekin voqea sodir bo‘lganidan boshlab 10 (o‘n) kun ichida o‘ziga ma’lum holatlar va
sabablarni ko‘rsatgan holda sug‘urtalovchining yuridik manziliga yoki pochta manziliga yozma ravishda xabar
berishi shart.
9.2. Sug‘urta qoplamasi qarzdor tomonidan kredit qarzdorligiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, kredit qarzdorligini
muddatidan avval to‘liq undirish bo‘yicha bank filiali xati chiqarilib, Sug‘urta qildiruvchi tomonidan
Sug‘urtalovchiga 9.4-bandda sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin 5 (besh) kun ichida qoplab beriladi.
Sug‘urtalovchi bank filiali xatida ko‘rsatilgan qarzdorning penya, foiz qarzdorligi va kreditdan qolgan jami asosiy
qarz qoldig‘ini sug‘urta puli doirasida to‘lab beradi. Kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lanmaganligi natijasida
hisoblangan davlat boji, jarima va boshqa harajatlar bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi.
9.3. Agar Sug‘urta qildiruvchida Sug‘urtalovchini 8.2.3-bandda ko‘rsatilgan muddatlarda sug‘urta hodisasi sodir
bo‘lganligi haqida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmasa, Sug‘urtalovchi da’voni O‘zR qonun hujjatlarida o‘rnatilgan
da’vo qilish muddatlari ichida qabul qilish majburiyatini oladi. Ammo Sug‘urtalovchi o‘z vaqtida xabar qilish
imkoniyati haqiqatdan Sug‘urta qildiruvchi va/yoki Qarzdorda mavjud bo‘lmaganligining isbotini talab qilish
huquqiga ega.
9.4. Sug‘urta qoplamasini olish uchun Sug‘urta qildiruvchi tomonidan Sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim
etilishi lozim:
a) Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qolgan asosiy qarz miqdori, vujudga kelgan foiz qarzdorlik hamda muddati
o‘tgan asosiy qarzdorlik va kredit qarzdorlik uchun hisoblangan penya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks
ettirgan sug‘urta qildiruvchining xati;
b) Kredit qarzdorligini undirish yuzasidan bank tomonidan qilingan harakatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.


v) Vujudga kelgan qarzdorliklarni tasdiqlovchi, bank tomonidan tasdiqlangan bank hisobraqamlari aylanmasi
(29801, 14901, 12505, 16377, 16309, 16405......);
g) Sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi boshqa xujjatlar.
9.5. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini tan olgan taqdirda Sug‘urtalovchi 3 (uch) bank ish kuni
ichida Sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzadi. Unda olingan barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi va
to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta qoplamasining miqdori belgilanadi.
9.6. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma to‘liq imzolangandan so‘ng 5 (besh) bank kuni ichida sug‘urta
qoplamasi to‘lanadi.
9.7. Qarzdor tomonidan Oferta shartnomasi imzolangan kun shartnoma akseptlangan kun hisoblanadi va kredit
qaytmaslik (14-klass) bo‘yicha Zarar qoplangandan keyin, Sug‘urtalovchi Qarzdorga yoki amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq, har qanday boshqa shaxs va tashkilotga nisbatan, jumladan barcha plastic kartochkalaridan
qarzdorning mablag‘larni regress va akseptsiz tartibda yechib olish bo‘yicha barcha huquqlarga ega bo‘ladi.
Sug‘urta qildiruvchi barcha xujjatlarni rasmiylashtirishi va sug‘urtalovchiga taqdim etishi hamda ushbu huquqlarni
sug‘urtalovchiga berishi shart. Qarzdorning vafot etganligi, 1-chi gurux nogironi bulganligi, jazoni ijro etish
muassasasida jazoni o‘tayotganligi, muomala layoqatini yo‘qotganligi sababli vujudga kelgan qarzdorlik
qoplanganda sug‘urtalovchi tomonidan qarzdorlarga nisbatan regress huquqi qo‘llanilmaydi.
9.8. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qoplamasi qoplab berilganidan keyin, Sug‘urta qildiruvchi zararni o‘rnini
qoplash uchun qo‘lga kiritgan har qanday manbalardan olingan pul mablag‘larini, qarzdor to‘lov grafigiga ko‘ra
to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar (foiz qarzdorlik, asosiy qarzdorlik)ni sug‘urta qoplamasi to‘langanidan keyin
amalga oshirsa, Sug‘urta qildiruvchi 3 (uch) bank kuni ichida ushbu to‘lovlarni sug‘urta qoplamasi doirasida
sug‘urtalovchiga qaytarib berishi shart.

Yüklə 124,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin