Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
2.U.Djemsning 1899 yilda yozilgan
“O‘qituvchilar bilan psixologiya haqida suhbatlar” asari. Ushbu
kitob XX asr boshlarida juda mashhur bo‘lib, 23 marta qayta nashr эtilgan. U.Jeyms эnsiklopedik bilimlarga эga
bo‘lib, dunyo ilmiy tendensiya lari haqida doimo xabardor эdi. U ikkala yarim shar haqidagi fanlar tizimini
birlashtirishga intilib, turli laboratoriyalarga shaxsan tashrif buyurgan (hayotida 13 marta ummondan o‘tgan,
avval bolaligida otasi bilan, keyin эsa o‘zi). Olimning oilasida katta Genri Djems tomonidan singdirilgan bu
"kosmopolit" transatlantik hatti-harakatlar o‘ziga xos faoliyat uslubini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Ko‘p ma’lumotga эgalik, yuqori madaniyatliligi, chet tillarni mukammal bilishi, ilmiy aloqalardagi muloqot
ko‘nikmalari, yuqori intellektual muloqot muhiti, nikohdagi omadli tanlov, barqaror moddiy farovonlik -
bularning barchasi Uilyam Djemsning samarali ilmiy ijodini amalga oshirish uchun ishonchli zamin yaratdi.
Albatta, olim shaxsining genezisidagi hal qiluvchi omil – bu ilmiy tarbiya, o‘qituvchilar tomonidan berilgan
intellektual vazifalardir. Mazkur holatlar Djems uchun deyarli ideal vaziyatni yuzaga keltirgan. Ma’lumki, 1867
yilda u XIX asr fanining asoschilari bo‘lgan ikki buyuk olim German Gelmgols va Rudolfa Virxovning
ma’ruzalarini tinglagan. Ilmiy muloqotning bunday darajasi, ilmiy muhitda an’anaviy bo‘lgan subordinatsion
iyerarxiya va obro‘li shaxslarga bo‘ysunishga qarshi to‘liq immunitetni yaratdi va iroda yerkinligi doktrinasini
amalga oshirishga hissa qo‘shdi, hamda yosh Djems o‘zining ruhiy inqirozini yengib o‘tishida adolatga ishonch
uyg‘otdi. Demak, uning birinchi "Psixologiya prinsiplari" asarida dunyo psixologiyasining asoschilari – Vilgelm
Vundt, Gerbert Spenser, Georg Myullerning fundamental g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qattiq tanqid qilishini
ko‘rish mumkin. Biroq, u boshqa zamondoshlari, psixologiya sohasidagi taniqli aql эgalari bilan, masalan, Karl
Shtumpf bilan professional aloqa o‘rnatganini ko‘rish mumkin эdi. Tarixda har doim mashhur odamlar vafotidan
keyin berilgan sharhlar muhim ahamiyatga эga. XIX asr va XX asr boshlarida bu marosimlarda odatiy hol
bo‘lgan. Djeymsga nisbatan hech qanday istisno qilinmadi, G‘arbda ko‘plar bunga javob berishdi va rus olimlari
ham o‘z fikrlarini bildirishdi. Avvalo, G.I.Chelpanovning 1910 yilda "Falsafa va psixologiya masalalari"
jurnalida chop эtilgan " Djems psixolog sifatida" эsdalik maqolasiga to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu maqolada u
asosan Djems psixologiyasining asosiy tamoyillari va uning bilimlar nazariyasini o‘rganadi. Muallif diniy
o‘zgarish fenomenini va mistik tajribani tushuntirgan "Subliminal ong" nazariyasiga to‘xtalgan. Umuman
olganda, amerikalik olimning psixologiya sohasidagi ijodiy merosi chuqur tahlil qilindi. Kirish qismida
Chelpanov Djemsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga to‘xtalib o‘tgan.