“Agar buyumlarning namoyon bo’lish shakli va mohiyati bevosita mos tushaverganda, har qanday ilm-fan ortiqcha bo’lib qolar edi”.
KARL MARKS
Har bir davlat uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy funksiyalarni bajarishga xizmat qiluvchi pul fondiga bo’lgan ob'yektiv ehtiyojni qondirish uchun budjet zarurdir. Har qanday davlatda ham budjet bir xil kategoriyalarni: daromad, xarajat va qarzlarni namoyon qiladi. Bu holat budjetni iqtisodiy kategoriya deb aniqlash imkonini beradi.
Budjet huquqiy kategoriya sifatida - qonun bilan mustahkamlangan pul mablag’larini tashkil topishi va sarflanishi bo’lib, davlat va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalarini amalga oshirilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaviy reja asosida shakllantiriladigan davlatning markazlashgan pul fondidir. O’zbekiston Respublikasida Budjetlar o’rtasidagi munosabatlarning asosini belgilab bergan bosh qomusimiz - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida “O’zbekiston Respublikasi o’z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O’zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat” deyilgan.
Budjetlararo munosabatlarning asl mohiyatidan kelib chiqib, zamonaviy tarzda bu tushunchani quyidagicha ifodalash mumkin:
Budjetlararo munosabatlar - bu iqtisodiy-huquqiy munosabatlar bo’lib, budjet jarayonida davlatning budjetga kelib tushadigan daromad va xarajatlar vakolatlarini doimiy yoki uzoq muddatga taqsimlash, chegaralash ga keladigan
borasida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida yuza munosabat.
Shuningdek, doimiy yoki uzoq muddatga umumdavlat va mahalliy soliqlar me’yorlarini belgilash, mablag’larni yuqori budjetdan quyi budjetlarga qayta taqsimlashda budjetlarni tartibga solishga asoslanish, xarajat vakolatlarini topshirilishi yoki qarorlar qabul qilish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash, dotatsiya, subventsiya, subsidiya shaklidagi mablag’larni, vaqtinchalik moliyaviy yordamlarni qaytarib berish sharti bilan mablag’larni biriktirish, shuningdek, mablag’larni jamlagan holda turli darajadagi hokimiyatlar va bir hokimiyatning har-xil hududlarning manfaatlarini hisobga olib xarajatlarni moliyalashtirishdir.
Binobarin, Davlat budjeti daromadlarining to’g’ri va to’liq shakllantirilishini ta’minlash hamda xarajatlarini to'g'ri yo'naltirishga qaratilgan oqilona budjet siyosatini yuritish muhim ahamiyatga ega. Bunda, albatta, ushbu jarayonning huquqiy negizi - qonunchilik katta rol o’ynaydi.
O’zbekistonda aholining farovonlik darajasi, fuqarolarga ko’rsatiladigan xizmatlar, xususan, ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda ko’rsatiladigan budjet xizmatlarining sifati va samarasi budjet qonunchiligi bilan uzviy bog’liqdir.
6)Budjetlash ishlari budjetni ishlab chiquvchi tashkilot me’yoriy hujjatlariga mos bo’lishi kerak. 5-rasm
Hozirgi kunda respublikamizda budjet tizimi munosabatlarini tartiga solish va boshqarishga oid asosiy me’yoriy-huquqiy xujjatlar quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (O’zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “O’zbekistonRespublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son Qonuniga asosan, 2014-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etilgan). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti parametrlari to’g’risida”gi qarori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat Budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarori (28.02.2007 y. №594);
Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi Nizomini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori
(20.03.2007y. №53);
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’i bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi to’g’risidagi nizom” (28.06.2001 y. №58) O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat Budjetining g’azna ijrosi Qoidalari” (04.08.2009 y. №69); O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi (06.04.2010 y. №27) va Davlat soliq qo’mitasi (06.04.2010 y. №2010-17) qarorlari bilan tasdiqlangan “Yuqori budjetdan quyi budjetlarga o’tkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi to’g’risidagi nizom” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’i bilan tasdiqlangan
“O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” (22.11.2016 y. №88);