3-rasm. O’zbekiston Respublikasi Budjet tizimining printsiplari Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriyhududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozimligini anglatadi.
Budjet tizimi Budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi:
Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak;
Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag’lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipi.
Budjet tizimi budjetlarini tuzishda Budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi. Budjet tizimi budjetlarining mablag’lari muayyan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi
Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi printsipi.
Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.
Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Kassaning yagonaligi printsipi. Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi.
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi Budjet jarayonining har bir ishtirokchisi Budjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.