Operativ byudjet Reja



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#163514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Operativ byudjet

8-rasm
1) Aniq(shaffof)lilik - siyosiy demokratik asosga ko’ra, amaldagi hokimyat saylov orqali tanlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Shunday ekan, budjet loyihasi shunday tuzilishi kerakki, hatto oddiy mutaxassis bo’lmagan kishi uchun ham tushunarli bo’lishi kerak.

1974-yildagi «Budjet to’g’risida» gi qonun orqali o’rnatilgan targ’ibotlar doirasida, Kongress parallel rezolyutsiya qabul qilib, bu rezolyutsiya budjetning umumiy qolipini o’rnatdi (parallel rezolyutsiya – bu Kongressning ikkala palatasi ham tomonidan olib boriladigan, lekin prezident imzosini talab qilmaydigan xattiharakat). Rezolyutsiya budjetning «yorug’-sezgir qog’ozga ko’chirilgan nusxa» si (chizmasi) dir, unda jami budjet raqamlari-kirimlari, budjetga oid vakolatlar (hukumatga xarajatlar bo’yicha majburiyatni yuklash vakolati), chiqimlar (g’aznadan amalda sarflangan mablag’lar miqdori), umumiy maqsadli ko’rsatkich (budjetning tanqisligi yoki ortiqcha miqdori hosil bo’lishi, agar mavjud bo’lsa) hamda hukumat qarzdorliklari ko’rsatiladi.


Xulosa
Shuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi budjet kodeksida turli darajadagi budjetlarning vakolatlari chegaralanib, budjetlararo munosabatlar tizimi takomillashtirilgan.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjetlararo munosabatlar” nomli 20-bobida budjetlararo munosabatlar tushunchasi,
budjetlarning darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarni o’tkazish, budjetlararo transfertlarning shakllari, subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiya, budjetlararo o’zaro hisob-kitoblar, budjetlararo transfertlarni o’tkazish tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert, aylanma kassa mablag’lari, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo’llaniladigan cheklovlarga to’xtalib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;

    • davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining bir- biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;

    • tumanlar va shaharlar budjetlari o’rtasida o’zaro munosabatlariga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan.

Alohida qayd etish lozimki, respublikamizda Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo’llaniladigan cheklovlar huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan.
Jumladan, Budjet kodeksining 142-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi lozim. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda:

    • mablag’lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno;

    • tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga;

    • tegishli budjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;

    • yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo’l qo’yilmaydi.

Mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar hamda soliq qonunchiligini takomillashtirish borasidagi islohotlar yangi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi va u 2008-yilning 1-yanvaridan amalga kiritildi.
2007-yilgacha amalda bo’lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo’lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda u bilan birga yo’riqnoma, nizom va tartiblar ham qo’llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o’zgartishlar kiritilishi va soliq normalarining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga olib kelib, bu aksariyat hollarda soliq to’lovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo’lardi.
Yangi Soliq kodeksi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 bob, 392 moddadan iborat bo’lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi kodeksda Prezidentimizning iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlarida bayon etilgan normalar to’liq ifoda topgan.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin