Operatsion tizim


UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar



Yüklə 124,44 Kb.
səhifə4/4
tarix22.12.2023
ölçüsü124,44 Kb.
#189204
1   2   3   4
19683 (1)

UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar


Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir.
UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda — superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi.
UNIXda taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkoni mavjud. UNIX da pochta xizmati — uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko'plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ommaviy bo‘lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin.
UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o‘z nomiga ega. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarga beruxsat kirishdan muhofaza etadi.
Korxonalar tarmoqlari uchun mo‘ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli ko‘p (kishi)foydalanadigan ko‘p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarqalmoqda.


WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar


🠶 Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.Windows NT operatsion tizimi — eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli operatsion tizimdir. U ikki xil — Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo'ljallangan. Windows NT Server axborotning tezkor ishlash vositalariga ega, istalgan aloqa kanallaridan (oddiy telefon liniyalari ham) foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlar ulanish imkoniyatiga, bir necha server esa ommabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin.
🠶 Windows NT Workstation — Windows NT operatsion tizimning versiyasi bo‘lib, lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo'ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar ko‘p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da
🠶 MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi. Windows NT Workstation dan maxfiy malumot yoki dasturlami ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug'ilganda, shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlami tahlil qilishda foydalanish maqsadga muvofiq.


iOS operatsion tizimi


🠶 iOS(24 iyun, 2010-yilgacha -iPhoneOS) –Amerika kompaniyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan aqlli telefonlar, electron planshetlar va ko'chma media qurilmalari uchun operatsion tizim. 2007 yilda ishga tushirilgan;
🠶 Dastlab–iPhone va iPod kabi qurilmalar uchun–keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan, Windows Phone(Microsoft) va Android(Google) OT larga qaraganda faqat Apple tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar uchun mavjud.
🠶 iOS uchun Mach mikroyadrosiga asoslangan XNU yadrosi va Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastur kodi hamda NeXT STEP OS va FreeBSD kodi ishlatilgan. iOS ARM arxitekturasiga ega bo‘lgan planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi.
iOS arxitekturasi









E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 124,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin