Opratsion tizimlari
32
imini yuklash mumkin bo‘lgan disketa tayyorlanadi. Sig‘imi 360 K bayt bo‘lgan disketalar
uchun mo‘ljallangan diskovod disketalarni 360 yoki undan kamroq K baytga formatlashtirish
mumkin, sig‘imi 1,2 M bayt bo‘lgan disketalar uchun mo‘ljallangan diskovodda disketalarni 1,2
M bayt va undan kam sig‘imiga formatlashtirish mumkin. Buyruqda mavjud bo‘lgan parametrlar
disketalarni maksimal sig‘imda
formatlash uchun berilmagan, ular haqida hujjatlarning va
"foydalanuvchining IBM PC bilan ishlash" dasturlari to‘plamidan o‘qish mumkin.
Buyruq
parametrlarsiz kiritilganida disketa diskovodning maksimal sig‘imiga mos keluvchi sig‘imga
formatlanadi. Buyruq kiritilganidan so‘ng:
Insert newdiskette to drive x: and strike ENTER when ready (disketani o‘rnating va “Enter”
tugmachasini bosing) xabari paydo bo‘ladi.
Agar disketa buzilgan bo‘lsa, unda Track 0 bad - disk unusable (0 yo‘lka buzilgan,
disketadan foydlanib bo‘lmaydi) xabari paydo bo‘ladi.
Bu xabar, shuningdek, 360 K bayt sig‘imli disketalar uchun diskovodda
yuqori zichlikdagi
yozuvli (ya’ni 1,2 M bayt sig‘imli) disketani formatlashga uringan paytda ham paydo bo‘lishi
mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, formatlashtirilayotgan paytida "Track 0 bad - disk unusable" xabari
paydo bo‘ladigan disketani ham ba’zida har holda PCTools dasturi bilan formatlashga erishiladi.
Disketa formatlab bo‘linganda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi:
Format another (Y/N)?
(Yana formatlashtirilsin (Y-ha, N-yo‘qmi?)
Agar disketalarni boshqa formatlash kerak bo‘lmasa, N deb javob beramiz.
Ogohlantirish. Qattiq disk (vinchester)ni formatlashga harakat qilish kerak emas,
chunki
bunda vinchesterdagi hamma ma’lumotlar yo‘q qilib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: