Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Hhjg

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Siz dasturiy va apparat ta’minotlari o‘rtasidagi aloqaning dialektik holatini nimada ko‘rasiz? 
2. Dasturiy ta’minotning to‘rtta asosiy darajasining nomlarini aytib bering. Ularning o‘zaro 
aloqador harakatlarini tartibi qanday? 
3. Videomagnitafonlarga, dasturlangan kir yuvish mashinalariga, SVCh pechlariga o‘rnatilgan 
dasturiy vositalar qaysi sinfga mansub? 
4. Ofis idora ishlarini (masalan, nusxa ko‘chirish, ko‘paytirish) apparat va dasturiy tizimlari bilan 
bajarishning ustunliklari va kamchiliklari nimada? 
5. Dasturiy ta’minotning qaysi toifalari kichik korxonaning ishida va qaysi maqsadlarda ishlati-
lishi mumkin? 
6. Yirik sanoat korxonasi (masalan, mashinasozlik zavodi)ga xos qanday ishlar kompyuterlar 
yordamida avtomatlashtirilishi mumkin? Buning uchun dasturiy vositalarning qaysi toifalari za-
rur bo‘ladi? 
7. Grafik muharrirlar sinfiga mansub dasturiy ta’minotning asosiy toifalarini aytib bering? Ushbu 
toifalar o‘rtasidagi tamoyil jihatidan farqlar nimadan iborat? 


Opratsion tizimlari 
14 
8. Hisoblash texnikasi vositalarining dasturiy va axborot ta’minotlari o‘rtasidagi qanday 
umumiylik va farq tomonlari bor? 
 
DOS operatsion tizimi haqida boshlang‘ich
ma’lumotlar 
Operatsion tizim nima? 
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan 
muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni 
boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tiz-
imi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning 
qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi. 
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va 
resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning 
uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki 
minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi. 
Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib
yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani 
tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni
"tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab 
bo‘lmagan amalni bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot 
tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish, ularning 
ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda ular-
ga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar 
quyidagilar tufayli murakkablashadi: 
• disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning hammasi bilan ish-
lay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar bilan ishlash mutlaqo bir xil 
bo‘lishi kerak; 
• disketalarda fayl ma’lum bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi uchastkalar ekan-
ligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish jadvallarga xizmat ko‘rsatish, 
ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tiz-
imi tomonidan bajariladi va foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin. 
Nusxa ko‘chirish dasturi ishlayotgan paytda turli xildagi vaziyatlar, masalan, axborotni 
o‘qish yoki yozish vaqtida uzulishlar, buzilishlar, nusxa ko‘chirilayotgan fayl uchun disketada 


Opratsion tizimlari 
15 
joy bo‘lmay qolishi va hokazolar kabi holatlar ro‘y berishi mumkin. Mana shunday barcha
vaziyatlar uchun tegishli xabarlar va to‘g‘rilovchi harakatlarni hisobga olib qo‘yish kerak
(masalan, 4-ilovaga qarang). 
Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan tafsilotlarni
yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim etadi. Tizim, shuningdek, turli 
yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion 
tizim tezkor xotiraga hamma dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan 
boshqarishni ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni 
bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi. 
Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS operatsion tizimi 
yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti rahbarligida yo bo‘lmasa, Digital
Research firmasi (hozirgi Novel firmasining bo‘linmasi)ning MS DOS operatsion tizimi bilan 
qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS
operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi 
va bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin