Opratsion tizimlari
16
atalishi mumkin. Nomlar operatsion tizimining versiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi). Ular xo-
tiraga operatsion tizimining yuklovchisi tomonidan yuklanadi
va kompyuterning xotirasida
doimiy qoladi. IO.SYS fayli PZU (DXSQU)ga kiritish-chiqarish tayanch tizimiga qo‘shimcha.
MSDOS.SYS fayli DOSning yuqori darajadagi xizmatlarini amalga oshiradi. Buyruq beruvchi
DOS protsessori foydalanuvchi kiritadigan buyruqlarga ishlov beradi. Buyruq protsessori
COMMAND.COM
disk faylidagi, operatsion tizimi yuklanadigan diskda joylashgan.
Foydalanuvchining, masalan, Type, Dir yoki Copy kabi ayrim buyruqlarini protsessorning o‘zi
bajaradi. Foydalanuvchining boshqa (tashqi) buyruqlarini bajarish uchun buyruq protsessori
disklardan tegishli nomga ega bo‘lgan dasturni izlaydi va agar topsa,
uni xotiraga yuklaydi
hamda boshqaruvni unga topshiradi. Dasturning ishi tugashi bilan buyruq protsessori dasturni
xotiradan olib tashlaydi va buyruqlarni bajarishga tayyorligi (DOSga taklif qilishi) haqida xabar-
ni chiqaradi.
DOSning tashqi buyruqlari – operatsion tizimi bilan birga alohida fayllar shaklida taqdim
etiladigan dasturlar. Bu dasturlar xizmat ko‘rsatish holatidagi harakatlarni, masalan, disketalarni
formatlash, disklarni tekshirish va hokazolar kabi ishlarni bajaradi.
Uskunalarning drayverlari – maxsus dasturlar bo‘lib, ular DOS ni kiritish-chiqarish tizimini
bajaradi va yangi uskunalarga xizmat ko‘rsatishni yoki nostandart foydalanishni ta’minlaydi.
Masalan, drayverlar yordamida "elektron disk", ya’ni
xuddi disk bilan ishlagandek, ishlash
mumkin bo‘lgan kompyuter xotirasining bir qismi bilan ishlash mumkin. Drayverlar
kompyuterning xotirasiga operatsion tizimi kiritilayotgan
paytda yuklanadi, ularning nomlari
maxsus CONFIG.SYS faylida ko‘rsatiladi. Bunday sxema yangi uskunalarni qo‘shishni yengil-
lashtiradi va buni DOS tizimli fayllariga tegmasdan bajarishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: