International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https
:
econferencezone.org June 10
th
2022
341
OPTIKA BO'LIMI O'QITISH USLUBLARI.
Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq
filiali Fizik asisstent
Annotatsiya
:Yorug‘lik yoki aniqirog‘i yorug‘lik fizikasi yorug‘lik manbaining nurlanishi, yorug‘likning
tarqalishi modda bilan o‘zaro ta’siri kabi fizikaviy hodisalar haqidagi ta’limotdir. Bu vaqtda “yorug‘lik”
tushunchasini o‘zi har xil ma’noda talqin qilinadi.
Kalit so'zlar
: Optik asboblar, optika, yorug'lik, kvant fizikasi, elastik yorug'lik.
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha yorug‘lik deb ko‘zimiz bilan idrok qilinadigan, ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan
nurlanishni tushunganlar. U vaqtlarda yorug‘likning tabiati aniq emasdi. Ba’zi olimlar jumladan, I.Nyuton
va uning izdoshlari yorug‘lik hodisalarining davriyligini (Nyuton halqasi) payqagan bo‘lsalar ham yorug‘lik
xuddi zarralar (korpuskulalar) oqimidek talqin qilindi.
Boshqa olimlar, masalan, X.Gyuygens, T.Yung,
O.Frenel yorug‘likni maxsus muhit dunyo efirida xuddi elastik to‘lqinlar deb, talqin qilishdi. Bu fikrlarning
har biri o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga ega edi. XIX asrning 30-yillarida Frenelling muhitda yorug‘lik
tezligini aniqlashga doir hamda difraktsiya hodisasini o‘rganishga doir ajoyib tajribalarga asosan
yorug‘likning to‘lqin nazariyasi barcha fiziklarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.Elastik yorug‘lik eltuvchi efir
tushunchasi doirasida hal qilib bo‘lmaydigan qator qiyinchiliklar bor edi, chunonchi, yorug‘-likning ikki
muhit chegarasidagi holati, xususan yorug‘likning qutblanishi kabi muammolaridir. O‘tgan asrning 60-
yillariga kelib Maksvell tomonidan elektromagnit maydonning matematik
naza-riyasi yaratildi hamda
yorug‘likning elektromagnit to‘lqin tabiati ochildi. Yorug‘lik elastik ko‘rinishda bo‘lmay elektromagnit
to‘lqin ko‘rinishida ekan. Bu kashfiyot yorug‘likning qutblanishi va ikki muhit chegara-sidagi
ko‘rinishlariga doir hamma qiyinchiliklarga barham berdi. Shu bilan birga Optika-fizikaning maxsus bo‘limi
bo‘lmay qoldi, chunki hamma optikaga tegishli muammo, bevosita elektromagnit maydonga oid
Maksvellning to‘lqin tenglamalari yordamida hal qilinadi. 1905-yil Eynshteyn tomonidan yorug‘likning
kvant xossalarining kashf etilishi, yorug‘likning elektromagnit to‘lqinlar haqidagi ta’limotni o‘zgartirmadi.
Faqat modda bilan o‘zaro ta’sirda yorug‘likning nurlanish va yutilish mexanizmini tushunish o‘zgardi.
Nurlanishda to‘lqin va korpuskulyar (zarra)
xossasi mavjudligi, ya’ni yorug‘likning ikki xil tabiatga ega
ekanligi ravshan bo‘ldi. 1924-1927-yillarda Lui de Broyl, K. Devisson va L.Jermerlar tomonidan
yorug‘likning ikki xil zarra va to‘lqin xususiyatlari kashf etilgach haqiqatan muhim metodologik ahamiyat
kasb etdi. Bu bilan muhim metodik vazifa vujudga keldi, ya’ni yorug‘likni maktab fizika kursining alohida
bo‘limi sifatida o’rganish maqsadga muvofiqligi,
buning uchun esa, yorug‘lik bo‘limining mazmunini va
tuzilishini ko‘rsatish zaruriyati tug’ildi. Tabiatda mavjud bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar spektrini
taxminan, uch qismga bo‘lish mumkin to‘lqin uzunligi bir necha kilometrdan tortib, to santimetrgacha
bo‘lgan radioto‘lqinlar; ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinlaridan (taxminan 0,72 dan 0,40 mkm)
tashqari, to‘lqin uzunligi 0,1. nm gacha bo‘lgan
millimetrli, infraqizil, ultrabinafsha va yumshoq rentgen
nurlanishidan iborat to‘lqinlar hamda to‘lqin uzunligi 0.1 nm dan kichik bo‘lgan qattiq rentgen nurlaridan
iborat gamma- nurlanishlardir.
Optik hodisalarni talqin qilish asosida hozirgi zamon fizikasining ikkita asosiy bo‘limlari; nisbiylik
nazariyasi va kvant fizikasi vujudga keldi. Optikada haqiqiy inqilob XX asrning 60- yillarida optik kvant
generatorlari (lazerlari)ning ixtiro qilinishi bilan ro‘y berdi.
Bu kashfiyotlar optik usullar, hisoblash va
o‘lchash texnikasida, modda tuzilishining nozik tomonlarini aniqlashda hamda o‘ta qattiq materiallarga
ishlov berishda,
shuningdek, harbiy texnikada boshqariluvchi termoyadro reaktsiyalarni amalga oshirishda
keng foydalanish istiqbollarini ko‘rsatib berdi .“Optika” bo‘limining har xil tuzilishi mavjud. Bulardan eng
ko‘p tarqalgani ikkita bo‘lib, ularni shartli ravishda an’anaviy va zamonaviy deb yuritamiz. [1]An’anaviy
tuzilishga muvofiq materiallar tarixiy ketma-ketlikda o‘rganiladi. Dastlab geometrik optika, keyin
yorug‘likning to‘lqin nazariyasi yoritiladi, so‘ngra yorug‘likning elektromagnit
tabiati haqidagi tushuncha
kiritiladi va nihoyat yorug‘likning kvant xossalari qarab chiqiladi. Hozirgi zamon metodikasi materiallarni