Optika bo'limi o'qitish uslublari. Elibayev Abdulhamid Bahrom o'gli


International Conference on Developments in Education



Yüklə 170,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü170,11 Kb.
#193044
1   2   3   4
107 (2)

International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org June 10
th
2022 
344 
amalga oshirilsa, bilim mustahkamlanadi va bir-birini to‘ldiradi. Tola optikasi. Juda tez rivojlanib 
ketayotgan hozirgi zamonaviy optikaning bo‘limi to‘lqin optikasida yorug‘likning to‘la qaytishidan keng 
ravishda foydalanilmoqda. Yorug‘lik oqimi yordamida energiyani uzatishga xizmat qiladigan qator asbob va 
uskunalar shu nomda yuritiladi. Bu asboblarning asosiy qismi eshib tayyorlangan ingichka shaffof dielektrik 
tolalardan iborat nur yo‘naltiruvchi sistema hisoblanadi (Shundan “to‘lqin op­tika” nomi kelib chiqqan), Har 
bir tola kvarts shishadan tayyorlangan ipdan iborat bo‘lib, ustki qobig‘iga shu moddaning bor, germaniy 
yoki fosfor aralashmasi qoplangan bo‘ladi. Ip radiusi undan bir necha yuz mikrometrgacha bo‘lib, ko‘zga 
ko‘rinadigan nur uchun sindirish ko‘rsatgichi Qobiq radiusi ip radiusidan 5-10 marta katta bo‘lib, sindirish 
ko‘rsatrichi esa ga teng bo‘ladi. Yorug‘lik oqimi ip sirtiga chegaraviy burchakdan katta bo‘lgan burchak 
ostida tushib, qobiqdan to‘la qaytib, yorug‘lik o‘tkazgich bo‘yicha ancha masofaga tarqaladi. Hozirgi paytda 
juda oz so‘nadigan iplar hosil qilishga erishildi. Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik sariq-ko‘k spektr qismida ( 
500nm) yorug‘lik nur yo‘naltiruvchi o‘tkazgichda 1 m yo‘l o‘tib 2,3 foiz zaiflashadi, 10m yo‘l yursa, 26 
foiz, 100 m ga esa 10 mar-ta zaiflashadi. Infraqizil nurlar ( 1,3 mkm) yanada kam yutiladi. 1km masofada 15 
foiz, 10 km masofada esa taxminan 4 marta zaiflashadi.Tola optikasi amalda keng ravishda qo‘llanilmoqda. 
Egiluvchan yorug‘lik o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha yorug‘likning ravshan oqimini yuboramiz. 
Bu nur kirib borish qiyin bo‘lgan har qanday joyni yoritadi. Tibbiyotda yorug‘lik o‘tkazgich endoskop 
asbobning (grekcha endon - r-ichki va skopeo -ko‘raman) asosiy qismi bo‘lib, inson ichki a’zolarini 
(qizilo‘ngach, oshqozon, ichakni) ko‘rishga imkon beradi. Endoskop egiluvchan yorug‘lik o‘tkagichdan 
iborat bo‘lib, qizilo‘ngach orqali oshqozon ichiga kiritiladi. Yorug‘lik o‘tkazgich ipining bir qismi yoritishda 
foydalaniladi, boshqa ip yordamida esa ichki a’zolaridan qaytgan yorug‘lik okulyarga qaytadi. Hozirgi 
zamon endoskoplarida yo‘llar bo‘lib, ular orqali ingichka egiluvchan asbob kiritilib, qorin bo‘shlig‘ini 
ochmasdan operatsiya ishlarini bajarish, shuningdek, bemorning zararlangan joyiga dori yuborilishi 
mumkin. Tola optikasi sim orqali uzatiladigan aloqa vositalari telefon, telegraf, kabelli oynai jahonni 
butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shu maqsadda yorug‘lik o‘tkazgich orqali nurlanishni yutilishi 
kichik bo‘lgan infraqizil diapazonida lazer nuri yuboriladi. Bu oqim uzatilayotgan axborot bilan 
modullashtiriladi, chiqish joyida fotoelement yordamida elektr signaliga aylantiriladi. Optik aloqa 
kanallarining afzalligi shundan iboratki, bitta yorug‘lik uzatkich metall o‘tkazgichlarga nisbatan yuz va hatto 
ming marta ko‘p axborotlarni uzatish imkoniyatiga ega. Metall o‘tkazgichlar tashqi magnit maydon ta’siriga 
beriluvchan bo‘ladi. Optik aloqa kanali tovushning aniq eshitilishiga xalaqit beruvchi shovqin-suronlarga va 
biror tashqi ta’sirga berilmaydi. Nihoyat, metall o‘tkazgichlarni yorug‘lik o‘tkazgichlar bilan almashtirish 
qimmat turuvchi rangli metallarni ko‘p miqdorda iqtisod qilishga imkon berdi. Aloqaning optik kanallari 
bilan birinchi o‘tkazilgan tajribalar ularning samaradorligi yuqori ekanligini ko‘rsatdi.[3] 
Xulosa: 
To‘lqin optikasi muammosi o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lmagan, ularni juda qiziqtiradigan materiallar 
jumlasiga kiradi. Shu sababli mazkur material o‘quv­chilar mustaqil ma’ruza tayyorlab, ma’lumot berishlari 
uchun xizmat qiladi. Aytilgan muammolardan tashqari konussimon yorug‘lik o‘tkazgichlar yordamida 
tarqaluvchi yoki yig‘iluvchi yorug‘lik oqimlari haqida ma’lu­mot berish energiya uzatish kabi muammolarni 
hal etish, optik kanallardan, EHM da foydalanish kabi muammolar mavjud. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Fizika. 9-sinf 2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev.[1] 
2.
Fizika. 10-sinf 2017, N.Turdiyev, K.Tursunmetov.[2] 
3.
www.adu.uz.[3] 

Yüklə 170,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin