International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https :
econferencezone.org June 10 th 2022 343
formuladan hisoblanishini taklif qilish kerak. U yorug‘likning vakuumdagi (va havodagi) tezligiga teng.
Gyuygens tamoyili -Yorug‘likning qaytish va sinish qonunlarini muhokama qilinayotganda faqat yorug‘lik
uchun emas, hamma to‘lqin hodisalar uchun umumiy bo‘lgan Gyuygens-Frenel tamoyilini kiritish kerak.
O‘qituvchilarning ish tajribasidan ma’lumki, bu tamoyilga diqqatni qaratmay turib (ayniqsa to‘lqin
difraktsiyasida) o‘quvchilar masalani yetarli darajada sayoz va yuzaki o‘rganadilar. So‘ngra ikki muhit
chegarasida to‘lqinning qaytish va sinish hodisalari tahlil qilinadi. Gyuygens tamoyilini umumlashtirishning
hojati yo‘q, faqat difraktsiya hodisasini tahlil qilishda Frenel taklifini ham, ikkilamchi to‘lqinlarning
kogerentligini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun Gyuygens tamoyili ustida to‘xtalib o‘tish zarur.
Materialni bayon qilish uchun sirtiy (ikki o‘lchamli) va hajmiy (uch o‘lchamli) to‘lqin xarakteristikasi
hisoblangan ikki asosiy “to‘lqin fronti” va “nur” tushunchalari zarurdir. Bu yerda biz faqat izotop muhitdagi
hodisalarni ko‘rib chiqish bilan chegaralana-miz, dasturga mos ravishda maktabda anizotrop muhit o‘rganil-
maydi. Hamma nuqtalari bir xil fazada tebranadigan sirt to‘lqin fronti deyiladi. Boshqacha aytganda, bir xil
fazadagi sirtlar to‘lqin frontidir. To‘lqin olib o‘tayotgan energiya oqimi bilan mos tushgan yo‘nalish nur deb
ataladi. Bir jinsli muhitda nur to‘lqin fronti yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi.Yorug‘likning qaytish va sinish
qonuni. Yorug‘likning qaytish hamda sinish hodisasi bilan, qaytish qonuni bilan o‘quvchilar VI sinfda
tanishishgan; sinish qonuni u yerda kiritilmagan. Ammo IX sinfda bu tushuncha va qonunlar shunchaki
qaytarilmaydi, balki jiddiy ravishda umumlashtiriladi va chuqurlashtiriladi.
-birinchidan, qaytish va sinish hodisalari yorug‘lik nurining xususiy holi bo‘lmasdan, to‘lqinlarning umumiy
xossasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
-ikkinchidan, qaytish va sinish qonunlari Gyuygens tamoyilidan nazariy holda asoslanib, nazariyaning
to‘g‘riligi tajriba orqali tasdiqlanadi.
-uchinchidan, ikki muhit chegarasida yorug‘lik to‘lqinining holati energetik nazardan tahlil qilinadi.
Shuning uchun o‘quv materiallari takrorlanadi degan fikrlarning asosi yo‘q. Yorug‘likning qaytish va sinish
qonunini o‘rganish hammaga ma’lum. Odatda yorug‘lik nurlarining yo‘li ko‘rib chiqiladi. Biroq, bitiruvchi
sinf o‘quvchilari elektromagnit to‘lqinlarni energetik xarakteristikalarini o‘rganganliklari uchun, yorug‘lik
nuri (yassi to‘lqin) ikki tiniq sirt chegarasiga tushgandagi hodisalarni ko‘rsatish, so‘ngra energetik nuqtai
nazardan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Hodisani tahlil qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazish yaxshi
natija beradi. Optik doiraning o‘rtasiga shishadan tayyorlangan yarim sharni mahkamlaymiz. Yorug‘lik
dastasi uning tekis sirtiga qiya holda tushsa, yorug‘likning, bir qismi qaytadi, ikkinchi qismi sinadi va
qisman plastinka orasidan o‘tadi. Bu yorug‘lik dastalarida yorug‘likning jadalligi (nurlanish oqimining sirtiy
zichligi) bir xil emas. Tushish burchagi o‘zgarganda, mos holda ularning har bir qismida yorug‘lik
intensivligi ham o‘zgaradi. Xususan, yorug‘lik qaytgan qismida kamaysa, singan qismida ortadi va
aksincha. Yorug‘lik optik shaffof muhitlarning chegarasiga tushganda yorug‘lik energiyasining balansini
ko‘rib chiqamiz. O‘quvchilar diqqatini quyidagi o‘zaro bog‘lanishga qaratamiz:
-agar to‘shayotgan yorug‘lik oqimini-Iо, qaytganini-I1 yutilganini-I2 sindirayotgan muhitdan o‘tganini I3
bilan belgilasak, u holda energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagini yozish mumkin:
-ikki shaffof muhit chegarasida yorug‘likning tushish burchagi o‘zgarsa, qaytgan va singan yorug‘lik
oqimlarining qiymati ham o‘zgaradi, lekin energiyaning umumiy balansi saqlanadi; chunonchi tushish
burchagi ortishi bilan qaytgan nur oqimi ortib, singani esa kamayib boradi;
-tajriba va nazariyaning ko‘rsatishicha, yorug‘lik oqimi shisha plastinkadan o‘tayotganda uning har bir
sirtida yorug‘lik qaytadi: havodan shisha plastinkaga normal holda tushsa, taxminan 4 foizi, 60° burchak
ostida tushsa, 9 foizi qaytadi. Bundan linzalar va murakkab optik sistemalar fotoapparat, proyektor,
tele-skop, mikroskop va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi.
-optik muhit (shisha, suv, uglerod sulfid, havo) da yorug‘lik qisman yutiladi va nurlanish energiyasi
moddaning ichki energiyasiga aylanadi.
Kursning ana shu joyiga quyidagi o‘quv muammosini quyish mumkin: yorug‘likning qaytish va sinish
hodisalarini miqdoriy jihatidan o‘rganing va shunga mos keladigan qonunini toping. Ravshanki, yorug‘lik
elektromagnit to‘lqin deb talqin qilingani uchun unga mos keluvchi qonunlar esa nazariy holda Gyuygens
tamoyilidan hosil qilinadi. Kursni murakkabroq darajada o‘rganmoqchi bo‘lganlar esa interferensiyaning
chegaraviy shartlaridan foydalanadilar. Biroq nazariy isbotlash mumkinligi, demonstratsion tajribalarni
zarur ekanligini inkor etmaydi. Darsni shunday tashkil etish kerakki, tajriba va nazariya navbatma-navbat