Oq oltin don mahsulotlari


UN TORTISH UCHUN BUG’DOY ARALASHMASI



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə10/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
HISOBOT (8)

9.UN TORTISH UCHUN BUG’DOY ARALASHMASI
PARTIYALARINING TARKIBINI HISOBLASH USULLARI
Tegirmonga kelayotgan bug’doy donining texnologik xossalari ularning turiga, naviga va bug’doy o’sadigan rayonning tuprok-iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Har xil sifatli bug’doy doni partiyalari qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va samaradorligini pasaytiradi. Buning natijasida texnologik sistemalarning ishlash rejimlarini optimallashtirish uchun ularni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Bu ishlab chiqariladigan unning sifat ko’rsatkichlari har xil bo’lishiga olib keladi.
Tegirmon kamida 10-15 kun texnologik xossalarining ko’rsatkichlari bir xil bo’lgan donlar bilan ravon ishlashini taminlash uchun bug’doy donidan un tortish partiyalari tuziladi. Bu tayyorlash jarayonini to’g’ri bajarilishini, sifati yuqori bo’lgan donlarni tejamli sarf qilishga va sifati past bo’lgan donlarni ratsional ishlatish imkonini beradi.
Un tortish partiyalari tegirmonning quvvati, un tortishning turi, bor donning miqdori, donning va tayyor mahsulotning sifatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Un tortish partiyalari har xil turdagi, har xil rayonda o’sgan, eski va yangi hosil, sifati past va sifati yuqori bo’lgan donlarni aralashtirish natijasida shakllantiriladi. Un tortish partiyalarini tuzishda aralashtiriladigan komponentlar shunday tanlanadiki, ular donning yuqori unboplik xususiyatini va unning yuqori nonboplik xususiyatlarini ta’minlashi kerak.
Donning quyidagi ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda un tortish partiyalarining tarkibi hisoblanadi: shishasimonlik, kleykovina, kulchanlik, namlik va ifloslanganlik.
Namligi har xil bo’lgan donlarni aralashtirishda ularning nam­liklarini farqi 1,5 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. Navli un tortish uchun yuqori va past kulchanli donlarni aralashtirganda aralashmaning kulchanligi 1,85 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. Shishasimonligi har xil donlarni aralashtirganda aralashmaning o’rtacha shishasimonligi 50-60 % hosil bo’lishi kerak. Asosiy e’tibor kerakli miqdorli va sifatli kleykovinali un tortish uchun bug’doy aralashmasi partiyalari hosil qilishni ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Navli un tortishda bug’doy doni kleykovinasining miqdori 25 % dan kam emas, sifati II guruxdan past bo’lmasligi kerak.
Un tortishda bug’doy doni aralashmasi partiyalarini hisoblashning bir nechta usuli bor. Hisobning to’g’riligini tekshirish uchun aralashmaning sifat ko’rsatgichlarini o’rtacha o’lchagan qiymatlari topiladi va ularni un tortish partiyalaridagi donning talab qilingan normaviy ko’rsatkichlariga to’g’ri kelishi aniqlanadi.

Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin