Oq oltin don mahsulotlari


MAYDALASH JARAYONINING UMUMLASHGAN QONUNI



Yüklə 498,95 Kb.
səhifə12/17
tarix18.05.2023
ölçüsü498,95 Kb.
#116450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
HISOBOT (8)

11.MAYDALASH JARAYONINING UMUMLASHGAN QONUNI.
Qattiq jismlarni maydalash va deformatsiyalash jarayoni albatta energiya sarfi bilan kuzatiladi. U egiluvchan plastik deformatsiya hosil bo’lishiga va molekulalarni bog’lanish kuchini zabt etishga sarf bo’ladi, so’ngra jism parchalanadi va yangi umumiy yuzasi katta bo’lgan jismlar hosil bo’ladi.
Egiluvchan deformatsiya natijasida tashqi kuchlar ta’sirida jismda energiya yig’iladi. Jismga tashqi kuchlar harakati to’xtagandan keyin bu energiyaning bir qismi qaytariladi.
Egiluvchan deformatsiya kabi plastik deformatsiyada ham, olingan mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi va natijada deformatsiyalanayotgan qattiq jismning temperaturasi oshadi. Maydalash jarayonida bir vaqtning o’zida qattiq jismga berilgan energiyaning bir qismi mahsulot zarrachalarini va maydalash mashinasining ishchi yuzalarini elektrlanishiga, hamda maydalash mashinasining qarshiligini engishga (detallarni ishqalanishi va deformatsiyalanishi, qizishi va boshqalarga) sarf bo’ladi.
Donlarni maydalash jarayonining texnologik samaradorligi
Tegirmonlarda don va don mahsulotlarini maydalash samaradorligiga maydalash mashinalarining kinematik va geometrik parametrlaridan tashqari yana un tortishning turlari, donning texnologik xossalari va jo’vali stanokning jo’valari yuzasiga tushayotgan yuklama ham ta’sir qiladi.
Un tortishning turlari. Donlardan har xil un tortishda maydalash jarayonlarining strukturasi un tortishning turidan bog’liq bo’lib, don mahsulotlarini maydalash sistemalarining soni ham har xil bo’ladi. Bug’doy va javdar donlaridan oddiy un tortishda (jaydari) kam sonli maydalash sistemalari (3 – 4 ta) qo’llanadi. Chunki, jaydari uni tortishda don to’liq maydalanadi, maydalab olingan un yirikligi bo’yicha juda ham mayin yanchilmagan bo’lib, qobiqli qismlari ham to’liq yanchiladi. Bu un tortishda faqat 1 – 2% qobiq kepak ko’rinishida ajratib olinadi.
Bug’doy va javdar donlaridan navli un tortishda un tortishning turidan bog’liq holda maydalash sistemalari 7 tadan 18 tagacha bo’ladi. Maydalash jarayonlari yanchish, silliqlash va un tortish sistemalariga bo’linadi. Har bir turdagi un tortish uchun maydalash jarayoni sistemalarining aniqlangan rejimlari qo’llanadi.

Yüklə 498,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin