Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turdi
2.1. Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turdi.
2.2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
- ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rib keldi;
- kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida tashkilot ning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashib bordi;
- xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishi, mehnat vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashdi;
- tashkilot ni boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib bordi;
- mamlakatni modernizasiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar bajarilishini monitoring qilish ishlarida ishtirok etib keldi;
- aholini ijtimoiy himoyalash, ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlari yuzasidan ta o‘quv tashkil etdi.
III. MEHNAT ShARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI.
3.1. Xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumaladan tarmoq kelishuvlari, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar va mazkur jamoa shartnomasi) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solib kelindi.
3.2. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar to‘la-to‘kis ish bilan ta’minlandilar.
3.3. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilib kelindi.
Hisobot yilida 4 ta xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni so‘rab ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdimnoma kiritdi. Unga rozilik berildi.
3.4. Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Tashkilot da mavjud bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilib kelindi. Hisobot yilida 2 nafar xodim o‘z iltimosiga binoan, uzrli sabablarga ko‘ra 4 oy muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazildi.
3.5. Ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish hollari 2 ta xodimga nisbatan amalga oshirildi.
Barcha hollarda Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmadi.
Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda maosh to‘landi.
3.6. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish holati yuz bermadi.
3.7. Hisobot yilida xodimlar soni qisqartirilmadi.
IV. ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTI
4.1 Tashkilot da ish mehnat qonunlarida ko‘rsatilagn haftalik ish soatidan oshmagan holda 5 kunlik ish haftasi asosida tashkil qilindi.
Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti Tashkilot ichki mehnat tartibidan kelib chiqqan holda belgilandi.
Ishchi-xodimlar haftalik ish soati tarifikasiya soatiga muvofiq belgilandi. Boshqa xodimlar uchun quyidagicha haftalik ish soatlari belgilandi:
- zararli sharoitda ishlovchilar uchun (laborantlar, maxsus farroshlar) 36 soat;
- normal sharoitda ishlaydigan xodimlar uchun 40 soat;
- I va II guruh nogironlari uchun 36 soat;
4.2. Jamoa shartnomasi shartlariga binoan 1 nafar xodimga o‘z iltimosiga ko‘ra 4 oy muddat bilan to‘liqsiz ish vaqti belgilab ko‘yildi.
4.3. To‘liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘landi.
4.4. 3 nafar qorovul uchun ish vaqti (smenasi) muddati sutkasiga sakkiz soat miqdorida belgilab qo‘yildi va ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilindi. Bunda ish vaqtining yillik balansiga rioya etildi.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 220-moddasining beshinchi qismi va 228, 245-moddalariga) rioya qilgan holda joriy etildi.
4.5. Ish vaqti jamlab hisobga olinishi rejimida band bo‘lgan xodimlarga har oyda to‘lanadigan ish haqi miqdori tenglashtirib borildi. Bunda hisobga olinadigan davr mobayinida ish soatlarining normal miqdoridan ko‘p ishlaganlik uchun dam olish kuni berib borildi.
4.6. Xodimlar ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etilmadilar.
4.7. Qorovullardan tashqari boshqa xodimlar kechki va tungi vaqtlarda, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishga jalb etilmadilar.
4.8. Ish beruvchi va ishchi-xodimlarga qonunlar va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan uzaytirilgan quyidagi ta’til kunlari belgilandi:
- Ishchilarga ishlagan har oyi uchun 2 kundan. To‘liq yil ishlaganda 24 ish kuni;
- Qorovullar va farroshlarga 18 ish kuni.
4.9. Qo‘shma Tashkilot boshqaruv apparati xodimlariga quyidagicha ta’til berildi:
- kutubxonachilar, yetakchilar, laborantlar, hamshiralarga ishlagan har oyi uchun 2 kundan 24 ish kuni;
- qolgan texnik xodimlarga 18 ish kuni miqdorida.
4.10. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirib bordi:
- 1 nafar xodimga yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;
- 2 nafar xodimga to‘y marosimini o‘tkazishga – 3 kundan;
- _____ nafar xodimga kumush to‘yida – 2 kun;
- 1 nafar xodimga yangi uyga ko‘chganda – 2 kundan;
4.19. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 144-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar toifalaridan tashqari quyidagi xodimlarga mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berildi:
a) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 martdagi 153-sonli qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga (1 nafar);
b) betob oila a’zosini parvarishlayotgan xodimlarga (- nafar);
v) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi
PF-3878-sonli Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga (- nafar).
4.12. Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirish ishlari to‘liq bajarilmadi, 3 nafar xodim ta’til pullarini ta’tildan keyin olishga majbur bo‘ldilar.
4.13. 1 nafar xodim arizalariga binoan 14 kalendar kundan iborat ish haqi saqlanmagan holda ta’til oldilar.
4.14. - nafar xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganda o‘z xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni olib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qildilar.
V. MEHNATGA haq TO’LASh. KAFOLATLI TO’LOVLAR
VA KOMPENSASIYa TO’LOVLARI
5.1 Xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining _______ yil ___ ________dagi Tarmoq xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi ____-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar hamda Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshirildi.
5.2. Ish haqini to‘lash muddatlari: birinchi yarim oy uchun - joriy oyning 16 sanasida, ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning 5 sanasida amalga oshirildi.
5.3. Xodimning roziligi bilan ish xaqi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib berildi, bunday o‘tkazma miqdori to‘lanadigan summaning _______ foizidan oshmadi.
5.4. Xodimga haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilishi hollari yuz bermadi.
5.5. Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib bordi.
5.6. Xodimlarni mukofotlash Tashkilot ning mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomiga asosan amalga oshirildi.
5.7. Oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensasiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari qo‘llanildi:
- qorovullarga tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to‘landi;
- xodimlar ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb qilinmagani bois bunday ishlar uchun 2 baravar miqdorda haq to‘lanmadi;
- bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek o‘rindoshlik asosida ish bajarilganida xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan, lekin xodim lavozim maoshining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilandi;
- O’zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun to‘laniladigan kompensasiyalar «O’zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»ga (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyuldagi 83 va №7/12-son bilan tasdiqlanib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268-raqam bilan ro‘yxatga olingan) hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
a) yo‘l kira xarajatlari to‘lanmadi;
b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
v) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;
g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
- O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlariga xodimlar yuborilmadi;
- Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo‘lida xodim o‘ziga tegishli mol-mulk (asbob-uskunalar, ashyolar va hokazolar)dan (avtotransport vositasidan tashqari) foydalanish hollari bo‘lmaganligi bois, bunday xarajatlar qoplanmadi;
- Ish beruvchining taklifiga binoan xodim boshqa joydagi ishga ko‘chib borishi hollari yuz bermadi.
5.8. Ish beruvchining ko‘rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, navbatchilik, darslar o‘tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida o‘z asosiy ishidan ozod etilgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish xaqi saqlanib qolindi, mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilganda, xodimlarga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo‘shimcha dam olish vaqti berildi.
5.9. Qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolindi.
VI. MEHNAT INTIZOMI
6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi Nizomlar, mansab yo‘riqnomalari hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlandi.
6.2. Hisobot yilida Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 3 nafar xodimga tashakkurnoma e’lon qilindi, 1 nafar xodimga yubiley yoshi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘a berildi.
VII. MEHNAT ShARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI 7.1. Hisobot yilida xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga shikast yetkazilishi yoki vafot etishi hollari yuz bermagani bois, bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashga zarurat bo‘lmadi.
7.2. Hisobot yilida Tashkilot ga xodimlar tomonidan moddiy zarar yetkazilmagani sababli uni o‘ndirish zarurati bo‘lmadi.
7.3. Jamoa shartnomasiga binoan bevosita pul yoki tovar qiymatliklari bilan muomala qilayotgan 5 nafar xodimlar bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzildi.
VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh.
8.1. Jamoa shartnomasiga ilova sifatida har yili tuziladigan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimga binoan ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ahvolini yaxshilash yuzasidan tadbirlar bajarilishi ta’minlandi, bu ishlarga 1 mln. so‘m sarflandi.
8.2. Mehnat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan «Tashkilot lar, tashkilotlar va «Tashkilot larda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan Mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasi barpo etildi;
8.3. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 3 nafar vakil saylab qo‘yildi.
8.4. Ish beruvchi:
- xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda sug‘urta qilishni ta’minladi;
- noqulay mehnat sharoitlarida band xodimlarni maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoya vositalari bilan, shuningdek yuvish va zararsizlantirish vositalari, sut yoki shunga teng boshqa mahsulotlar, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlash uchun 0 mln. so‘m sarfladi;
- xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish to‘g‘risidagi namunaviy Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 14 avgustda 192-raqam bilan ro‘yxatga olingan) talablariga binoan xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etdi.
8.5. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 214-moddasiga binoan dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilinadigan kasblar, lavozimlar va xodimlar toifalari ro‘yxatiga binoan ishchi- xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
IX. IJTIMOIY SUG’URTA. IJTIMOIY
IMTIYoZ VA KAFOLATLAR.
9.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «2017 yil – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bajarildi.
9.2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi:
a) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar);
b) atom obyektlaridagi falokatlar okibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103-modda);
v) I va II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).
9.3. Ish beruvchi tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari to‘liq to‘lab borildi.
9.4. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga o‘tgan oy uchun pensiyani oyning
2-yarmi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda to‘lab bordi.
9.5. 4 nafar xodim surunkasiga bir oydan ortiq kasal bo‘lganida ularning har biriga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida, jami 600 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.
9.6. 1 nafar xodimning otasi vafot etganda eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.
X. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYa-
SOG’LOMLAShTIRISh, SPORT IShLARI.
10.1. Madaniy-ma’rifiy ishlarni yaxshilash uchun quyidagilar amalga oshirildi:
- «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasi tashkil etilib, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tavsiyalari asosida jihozlandi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashi va Mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar, plakatlar hamda stendlar va texnik vositalar bilan ta’minlandi;
- Davlat dasturlarini bajarish borasida mehnatkashlar va yoshlar o‘rtasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlab chiqarish ilg‘orlarini jalb etgan holda 5 marta mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar tashkil etildi;
- Axborot-resurs markazi faoliyatini Tashkilot hisobidan yanada rivojlantirish maqsadida ish beruvchi hisobidan 21 ta yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
- umumxalq bayramlarini nishonlash kunlarida kasb mahorati va badiiy havaskorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov va tadbirlar uyushtirildi.
10.2. Xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida:
- jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun moddiy va boshqa sharoitlar yaratib berildi hamda mehnat jamoasida ishlab chiqarish gimnastikasi joriy etildi;
- xodimlar o‘rtasida spartakiadalar va sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.
XI. AYoLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA
OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISh BILAN MAShG’UL ShAXSLARGA BERILADIGAN QO’ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR.
19.1. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi:
a) homilador ayollar uchun (78, 84, 224, 237, 228, 229, 143, 231, 233-moddalari);
b) ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun (143, 219, 234, 236-moddalari);
v) uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun (78, 84, 150, 224, 228, 228I, 234, 237-moddalari);
g) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (150, 232-moddalari);
d) o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun (230-modda);
ye) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (68, 144, 228, 229-moddalari);
j) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaxslar uchun (235, 238-moddalari);
19.2. Uch yoshga to‘lmagan bolalari bor 4 nafar ayolga 1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilab qo‘yildi;
19.3. Sakkiz yoshgacha farzandi bo‘lgan 7 nafar ayolning iltimosiga ko‘ra, oyda 1 kundan iborat ish xaqi saqlanmaydigan dam olish kuni berildi;
19.4. Ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalari tashkil etildi.
19.5. Ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan 2 nafar ayolga bolani ovqatlantirish uchun har uch soatda 30 daqiqadan tanaffus berildi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish soatiga qo‘shilib, o‘rtacha ish xaqi to‘landi.
19.6. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashib bordi.
XII. YoShLAR UChUN QO’ShIMChA imtiyozlar
va KAFOLATLAR.
12.1. Tashkilot ning ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish xamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi yechimini topish maqsadida:
- Xalqaro mehnat tashkilotining 138 va 182-Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish xamda bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borildi;
- yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks dastur va uni amalga oshirish tadbirlari ishlab chiqildi;
- yosh mutaxassislar kengashi tuzildi;
- yosh oilalar a’zolari bo‘lmish xodimlarga har taraflama yordam ko‘rsatildi.
12.2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar uchun (135, 143, 144, 202, 203, 214, 239, 240, 241, 242, 243, 244, 245, 246-moddalar);
b) ishni ta’lim bilan birga ko‘shib olib borayotgan xodimlar uchun (103, 143, 144, 249, 250, 254, 255, 256, 257-moddalar);
v) ta’lim «Tashkilot larini bitirgan xodimlar uchun (68, 103-moddalar).
12.3. Ishga kelgan yosh mutaxassislarga O’zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish xaqining bir baravari miqdorida bir martalik to‘lov berildi.(berilmadi,)
12.4. Tashkilot da ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘kib, o‘kuv rejasini bajarayotgan nafar xodimga O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilanganiga qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh
13.1. Bahslashuvlar o‘zaro ishonch va hurmat bilan, O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari asosida hal etildi.
13.2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlarni ko‘rib chiqish uchun 6 nafar a’zodan iborat (har tarafdan uch nafardan) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Mehnat nizolari komissiyasi tuzildi.
13.3. Mehnat nizolari komissiyasiga xona, jihozlar, kanselyariya mollari, tashkiliy texnika ajratildi.
XIV. IJTIMOIY ShERIKLIK. KASABA UYuShMASI
FAOLIYaTINING KAFOLATLARIGA RIOYa ETILIShI.
14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Mehnat Kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qildilar.
14.2. Ish beruvchi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan Xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlarini e’tirof etib, uning faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib bordi.
14.3. Ish beruvchi Tashkilot da xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qo‘mitasini tan oldi.
14.4. Kasaba uyushmasi a’zolarining kasaba uyushmasi a’zolik badallari Tashkilot buxgalteriyasi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanib borildi.
14.5. Ish beruvchi:
a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan oldindan kelishib olish amallarini ko‘rdi;
b) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etib bordi;
v) Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar tashkiliy texnika kanselyariya mollari bilan bepul ta’minladi.
14.6. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) Tashkilot ning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) ish xaqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodhonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;
d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq xolatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish;
ye) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam olishi va sog‘lomlanishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar doirasida ta’minlash;
j) Tashkilot da mehnat va turmush sharoitlari ahvolining jamoat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
z) kasaba uyushmasi a’zolari orasida mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish;
i) har xil tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlar uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va mukofotlar ta’sis etish;
k) kasaba uyushmalari Federasiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doveriye» gazetalariga obunani ta’minlash ishlarini olib bordi.
14.7. Xalqaro mehnat tashkilotining «Tashkilot larda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida»gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-raqam bilan ro‘xatga olingan «Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom»ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari jamoa shartnomasi maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etildilar:
a) saylab qo‘yiladigan kasaba uyushmasi organlari a’zolari ( 3 nafar);
b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar ( 3 nafar);
v) Mehnat nizolari komissiyasining a’zolari (3 nafar);
14.8. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun har haftada ikki soatdan bo‘sh vaqt berildi va bu davr uchun ularga o‘rtacha ish haqi saqlab qolindi.
14.9. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari qo‘llanilmadi.
XV. JAMOA ShARTNOMASI BAJARILIShINI
NAZORAT QILISh.
15.1. Jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya tuzildi.
15.2. Yilda bir marotaba jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazib borildi.
15.3. Taraflar tarmoq, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlarini tan olib ularni bajarish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.
15.4. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)dan oldin uning loyihasini ekspertiza uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etdi.
15.5. Jamoa shartnomasi imzolangandan so‘ng, taraflar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etdilar.
15.6. Jamoa shartnomasi imzolangandan so‘ng, tomonlar uni bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarini belgilab oldilar.
15.7. Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar Tashkilot ning xodimlar bo‘limida, mehnat muhofazasi bo‘limlarida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishtirildilar.
XVI. JAMOA ShARTNOMASI MAJBURIYaTLARINING
BUZILIShI YoKI ULARNI BAJARMASLIK UChUN
JAVOBGARLIK.
16.1. Jamoa shartnomasida belgilangan shartlar bajarilmaganligi yoki to‘liq bajarilmaganligi haqida taraflarning birortasi boshqa tarafga taqdimnoma bermadi.
XULOSA
Jamoa shartnomasiga kiritilgan 16 ta bo‘limning 147 ta bandidan 145 tasi bajarildi.
Shartnomaning 4.12-bandi to‘liq bajarilmadi, ya’ni 5 nafar xodimga ta’tillar uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmadi.
Jamoa shartnomalar bo‘yicha quyidagi xarajatlar amalga oshirildi:
1. Qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot, bayram to‘lovlari va xokozo) – 3 mln.sum.
2. Sog‘lomlashtirish (sanatoriy, profilaktoriy, oromgoh) – 0 mln.sum.
3. Ijtimoiy kafolat va imtiyozlar - 0 mln. sum.
4. Mehnat muhofazasi – 0 mln. sum.
5. Boshqa xarajatlar – 2 mln. sum
JAMI -5 mln. sum.
2023 yil 1-yanvar holatiga a’zolar soni. – 38 kishi.
Bir a’zoga o‘rtacha xarajat ______ -ming so‘m