O'qish darslarida she’riy asarlar matni ustida ishlash xolida G'ulomova


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 477,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix05.04.2023
ölçüsü477,05 Kb.
#93468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
oqish-darslarida-she-riy-asarlar-matni-ustida-ishlash

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 583  www.ares.uz 
kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati 
“kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”. 
Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. 
Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday 
holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, 
so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar 
she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar 
zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta`limning 
maqsadi ham amalga oshmaydi. 
METODOLOGIYA
She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r 
yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma`nosi anglanmagan matnni yodlash 
oson kechmaydi.
4-sinfda Q. Hikmatning “Qish to’zg`itar momiq par” she’rini o’rganishda 
albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe’rni o’qishdan oldin unda 
tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish 
uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa qilib aytib beradi. 
Ma`lumki, qish fasli go’zal ko’rinishi bilan odamda yoqimli tuyg`ular uyg`otadi. 
Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynashdan olam-olam zavq 
oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, 
dala-bog`lar kishida ajib bir kayfiyat uyg`otadi. 
“Qish to’zg`itar momiq par” (Qudrat Hikmat) she’rini o’rganish jarayonida 
agar qor yog`magan bo’lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham 
mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, “kumush” sifati qo’shib aytiladi. Bu 
shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo’lib tovlanishiga, 
ko’zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she’rni o’rganish darsi dastlab 
o’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning 
o’ziga xos belgilari, qishda o’ynaladigan o’yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-
javob o’tkaziladi. O’quvchilarning qish faslida sovuq bo’lishi tufayli ayrim 
qushlarning o’lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq 
kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to’ldiriladi. SHundan 
so’ng o’qituvchi she’rni ifodali o’qiydi. 

Yüklə 477,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin