ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 585 www.ares.uz 3. Xattaxtaga mavzu - «Qish to’zg`itar momiq par» (Qudrat Hikmat) yoziladi. O’quvchilardan she’r muallifining yana qaysi she`rlarini o`qib
o`rganganliklari va ularning qaysi mavzuda ekani haqida suhbat o`tkaziladi hamda
shoir haqida qisqa ma`lumot beriladi:
- Qudrat Hikmat − isteododli bolalar shoiri. U qisqa umr ko’rgan. SHoir o’z
ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida
tarbiyalashga bag`ishlagan. Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag`al dehqon oilasida
tug`ildi. Birinchi she’rlari 1945 yilda bolalar gazetalarida bosildi.
1960-yildan boshlab bolalar nashriyotida ishladi.
Uning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalar» (1952), «Obodlik» (1953),
«Do’stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan» (1955) kabi qator she’riy to’plamlari nashr
etilgan. Keyinchalik «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963),
«Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O’g`lim
bilan suhbat» kabi kitoblari bosilgan. (Kitoblari ko’rsatiladi. Ular o’qishga tavsiya
etiladi.)
4. She’r bilan tanishtiriladi va o`quvchilarning she’rdan olgan dastlabki
tushunchalari aniqlanadi
5. She’r matni ustida ishlash o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini
takomillashtirish bilan bog`lab olib boriladi.
− Birinchi to’rtlikni o’qing. Unda qaysi so’z va iboralar o’z ma`nosida
qo’llanmagan? Ularning qaysi ma`noda qo’llanganini izohlashga harakat qiling.
− Quyidagi to’rtlikning qaysi misralarida jonlantirish qo’llangan? Jonlantirish
deganda nimani tushunasiz?
Mahalla-ko’y ko’chada CHuvurlashib qor kurar, Esib sovuq izg`irin: − Tezroq yur! — deb buyurar. − Quyidagi to’rtlikning keyingi ikki misrasidagi so’zlarning ma`nosini
tushuntirishga harakat qiling.
Pirpiratib ko’zini Avtobuslar o’tadi. Qahraton qish hovurni Mo’rkon kabi yutadi.