ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 584 www.ares.uz
She`riy asarni o`rganishni quyidagi kabi bosqichlarda tashkil etish mumkin:
1. She’r matni tahlilidan oldin o`quvchilarni she`rni o`qish
va tushunishga
tayyorlovchi, ularni fikrlashga undovchi metodik ishlar amalga oshiriladi. Bunda she`r
mavzusiga bilan aloqador topishmoqlardan, afsonalardan foydalanish bir usul sifatida
qo`llanishi mumkin:
Oppoqqina dasturxon
Er yuzini qoplagan. (Qor)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)
Yoki qor haqidagi afsonalardan hikoyalab berish mumkin: Qadimda osmondan
un yog`ilar ekan. Odamlar o’z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan.
Qishloqda bir ochko’z boy unlarning o’ziga keragidan ham ortig`ini qoplab o’z uyiga
tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O’z
yerim degan joylardagi
unlarni boshqalarga bermabdi. SHunda osmon-u quyosh va bulutlarning jahli chiqib,
unlarni muzdek qorga aylantirib qo’yishibdi.
Savol: Bugungi darsimizda qaysi mavzudagi asarni o`rganar ekansiz?
2. O’quvchilarning qish fasli haqidagi dastlabki tushunchalarini aniqlash.
Buning uchun qish fasliga xos xususiyatlarni klaster metodidan foydalaniladi.
O’quvchilar tarmoqlash usulida qish fasliga xos xususiyatlarni yozadilar:
Daryo muzlaydi
Yer muzlaydi
Qor yog`adi
Qor tog`larga ko`p
yog`di
Qorlar
kuraladi
Izg`irin sovuq
bo`ladi
шамол
Havo ba`zan ochiq
bo`ladi
Quyosh havoni
isitmaydi
Havo soviydi
Yer sirpanchiq
bo`ladi
Havo bulut bo`ladi
Laylak qor yog`adi
QISH