turdan ikkinchi bir turga o‘tishi, ularga bo‘lgan ehtiyojga
qondirilishini doimiy
nazorati talab qilinadi.Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farqi
shundaki, bu hisob turini tashkil qilish, bevosita davlat tomonidan nazorat qilinadi,
korxona va tashkilotlarda uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Buxgalteriya hisobi
ko‘rsatkichlari yordamida korxona amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari
tartibga solinadi. Korxona mablag‘larining harakati
buxgalteriya hisobi
schyotlarida ikki yoqlama yozuv bilan olib boriladi. Buxgaleteriya hisobining
boshqa turlaridan farqi shundaki, undagi ma’lumotlar operativ,
statistik hisob
ko‘rsatikichlarini ifodalashda ham ishlatilishi mumkun. Buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari uzluksiz tarzda olib borilishi bilan birga amalga oshirilgan xo‘jalik
jarayonlarini o‘rganib borish imkoniyatini yaratadi va belgilangan muddatlarda
hisobot tuzish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobidan boshqa hisob turlaridan
kuzatish jarayonida faqat beshta o‘lchov birligidan, bir turli mablag‘lar harakatidan
foydalaniladi. Buxgalteriya hisobidan esa vaqt turli o‘lchov birliklarida hisob –
kitob qilinadi. Buxgalterii hisobini yuritishini tashkil qilish asosan ikki manbaga:
ya’ni bu to‘g‘risida qabul qilingan qonun va yo‘riqnomalarga asoslansa, ikkichisi
moddiy javobgarlik tamoyiliga bevosita bog‘liqdir. Bugalteriya hisobi bo‘yicha
qo‘llanilayotgan adabiyotlarda bu tamoyilga e’tibor berilmagan.
Hatto moddiy
javobgarlik tamoyilini buxgalteriya hisobi usuli sifatida ko‘rsatilmagan.
Buxgalteriya hisobi ishlatiladigan moddiy javobgarlik tamoyilining o‘ziga xos
xususiyati shundaki, unda tovar-moddiy boyliklarining to‘liqligi ham natural
o‘lchov birliklarida, ham pul o‘lchov
birliklarida umumlashtirilib, natijalarini
aniqlash imkoniyatini yarataladi. Хo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan
ob’yektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun
xo‘jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o‘lchov birliklari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: