O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Moddiy o‘lchov birliklari 
ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li 
bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik 
(gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa 
o‘lchamlardir. Moddiy o‘lchov birliklaridan asosan tovar moddiy qiymatliklarning 
miqqorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng 
muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda 
alohida ahamiyat kasb etadi. Demak, moddiy o‘lchov birliklari yordamida 
korxonaning moddiy qiymat-liklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich 
olinishi mumkin emas.
Mehnat o‘lchov birliklari
sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish 
uchun qo‘llaniladi va kishi kuni, kishi soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat 
o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona 
xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari 
belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov birlik ko‘pincha moddiy o‘lchov 
birlikibilan birgalikda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishning normalarini bajarilishini 
nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha 
vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab 
chiqishda ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha 
ekanligi va boshqaolar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, mehnat o‘lchov birliki 
yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.


Qiymat o‘lchovi
hisob ob’yektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan 
tiyin bajaradi. Qiymat o‘lchov birlik yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar 
va jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil 
materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiharilayotgan mahsulotga 
qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi (uning ishlab chiqarish tannarxi) 
hisoblab chiqiladi. Qiymat o‘lchov birligidan foydalanish qiymat qonunining 
mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim 
ko‘rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin. Qiymat o‘lchov birligi 
yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish (byudjetlash) hamda korxona va uning 
tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va 
tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib 
hisoblanadi. Binobarin, pul o‘lchov birligi xo‘jalik faoliyatining eng muhim 
bo‘lgan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, 
foyda, rentabellik, likvidlik - korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa 
ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir. Qiymat o‘lchov birligi hisobda 
ko‘pincha moddiy va mehnat o‘lchov birliklari bilan birgalikda qo‘llaniladi. 
Masalan, moddiy qiymatliklarning puldagi ifodasi ularning naturadagi miqdorini 
sotib olish narxiga ko‘paytirish asosida aniqlanadi. Yoki, masalan, ishbay 
ishchining ish haqi shu ishchi tomonidan ishlab chiqariltan mahsulot sonini shu 
mahsulot birligiga belgilangan narx (rassenka)ga ko‘paytirish yo‘li nbilan hisoblab 
aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo‘yicha hamda har bir korxona, 
tashkilot va muassasa bo‘yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining 
bajarilishini aks ettiradi. Buxgalteriya hisobi natural va pul o‘lchov birliklari 
o‘zaro bog‘langan holda qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi yordamida korxona va 
tashkilotlarda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tartibga solinadi va xo‘jalik 
yurituvchi sub’yektga amalga oshirligan xo‘jalik operatsiyalari ta’siridagi mulkni 
o‘zgarish to‘g‘risidagi ma’lumot beriladi. Buxgalteriya hisobini boshqa hisob 
turlaridan farqini aniqlashda unga qo‘yiladigan talablarga alohida e’tibor berish 
lozimdir. Hisob ko‘rsatkichlari bilan reja ko‘rsatikichlari o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqligi ta’minlash buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan talablardan biridir. Chunki 
buxgalteriya hisobiga belgilangan reja topshiriqlarni bajarishi ko‘rsatiladi va 
nazorat 
qilinadi. 
Buxgalteriya 
hisobi 
ko‘rsatikichlari 
bir-biri 
bilan 
taqqoslangandagina hisob davrida erishilgan yutuq va kamchiliklar aniqlanib, 
kamchiliklarni bartaraf qilishchora - tadbirlari ishlab chiqiladi. Buxgalteriya 
hisobida mulkning to‘liqligi, undan samarali foydalinish yo‘llari belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobi aniq va tushunarli bo‘lish kerak. O‘zbekiston Respublikasi 
“Buxgaltiya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi1da buxglateriya 
hisobining maqsadi va vazifasi to‘liq ko‘rsatilgan. Buxgalteriya hisobining 
maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa 
buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Demak, buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarni to‘g‘ri ko‘rsatilishi qonun bilan muhofaza qilingandir.Buxgalteriya 
hisobi ko‘rsatkichlarni ravshan va ommabopligi hisob malumotlaridan faqat 
buxgalteriya xodimlari yoki mulk egasiga tushinarli bo‘libgina emas, balki 
hammaga tushunarli bo‘lishi, uni ommabop bo‘lishiga alohida e’tibor berish talab 


qilinadi, Buxgalteriya malumotlarini tushunarli, ommabop bo‘lishida hisob 
ishlarini bajaruvchilardan alohida ish madaniyatini oshirish, yuqori malakali 
xodimlarni topish kabi ishlarni bajarish talab qilinadi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin