Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni Buxgalteriya
hisobotlari qaysi davrda tuzilishiga qarab oylik, choraklik va yillik hisobotlarga
bo‘linadi.
Oylik buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya
balansi
va
ma’lumotnomalardan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansida hisobot oyi boshiga
xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil toppish manbalarini qoldiqlari aks
etttiriladi. Ma'lumotnomalarda esa xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
qanday bajarilganligi ko‘rsatiladi.
Choraklik buxgalteriya hisobotining hajmi keng bo‘lib, balansdan tashqari xo‘jalik faoliyatyning turli ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi bir necha jadvallardan iborat bo‘ladi: № 1”Buxgalteriya balansi”
№ 2 “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”
№ 2a “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘q’risida ma'lumotnoma”.
Korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini kelasi yilning 1-yanvar holatiga tuzilib,
yakunlovchi buxgalteriya balansi va xo‘jalik faoliyatini har tomonlama xarakterlab
beruvchi ko‘pgina jadvallardan iborat bo‘ladi va yuqoridagi ko‘rsatilgan
shakllardan tashqari asosiy vositalar, fondlar harakati, qarzga olingan
mablag‘larning harakati, debitor va kreditor qarzlar, ijtimoiy ko‘rsatkichlar va
valyuta mablag‘larining harakatiga doir hamda yillik foydaning taqsimlanishini aks
ettiruvchi jadval (shakl)lar ham kiritiladi.
O‘zbekiston
Respublikasining“Buxgalteriya
hisoboti
to‘g‘risida”gi
Qonunning 16-moddasiga muvofiq yillik moliyaviy (buxgalteriya) hisobot
quyidagi shakllarni (formalarni) o‘z ichiga oladi.
1-shakl-“Buxgalteriya balansi”;
2-shakl-“Moliyaviy natijalar to‘q’risida hisobot”;
3-shakl-“Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot”;
4-shakl-“Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”;
5-shakl-“Xususiy kapital to‘q’risida hisobot”;