NAZARIY O‘QUV MASHGʻULOTINING O‘QITISH TEXOLOGIYASI Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida
yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Yuridik shaxsning
ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa –
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda Korxona ustavi – korxonaning faoliyat ko‘rsatish tartibi va shartlarini
belgilab beruvchi hujjat. Korxona o‘z faoliyatini ustavida belgilab berilgan
qoidalar asosida olib boradi.
Korxona ustavida, odatda, quyidagi ma’lumotlar belgilangan bo‘ladi: – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; – uning nomi; – joylashgan
manzili; – ustav fondi hajmi va tarkibi; – ustav fondini shakllantirish tartibi;
– foydani taqsimlash tartibi; – korxonani qaytadan tashkil etish va tugatish
shartlari hamda tartibi.
Ustav fondi – ta’sischilar yoki ishtirokchilarning o‘zlari tashkil etgan
kompaniya, xo‘jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush
hisoblanadigan moddiy va pul mablag‘lari majmuyi.
Korxonani tashkil etishda ikki va undan ortiq tomonlar ishtirok etganda
ular o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni o‘zaro kelishib olish zarur bo‘ladi.
Bunday kelishuv ta’sis shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish
majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat
ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida
ishtirok etish shartlarini belgilaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 43-modda