O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

 
Ishlab chiqarish tadbirkorligi.
Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni 
boshlashdan avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz 
kichik qandolatchilik sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur 
asbobuskuna va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab 
etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingiz ishlab 
chiqarish tadbirkorligi deyiladi. Ishlab chiqarish tadbirkorligi o‘z ichiga xizmat 
ko‘rsatishni ham oladi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, 
kiyimlarni kimyoviy tozalash, turli masalalarda maslahat berish, ta’lim xizmati va 
boshqalar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyat sohasini 
tanlash tadbirkorning moliyaviy resurslari va shaxsiy moyilligi orqali belgilanadi. 
Dastlab marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi, bozor o‘rganiladi, taklif etiladigan 
tovarning qay darajada iste’molchiga zarurligi, talabning darajasi va o‘zgarishi, 
talab darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, taxminiy xarajatlar va sotish hajmlari 
aniqlanadi. 
Tijorat tadbirkorligi.
Aytaylik, sizda ishlab chiqarish tadbirkorligi uchun 
yetarli resurs bo‘lmasligi mumkin. U holda siz ishlab chiqarish resurslari kabi katta 
ehtiyoj talab etmaydigan, ko‘proq aylanma mablag‘lar yetakchi o‘rin tutadigan 
tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Chakana va ulgurji savdo, 


turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish 
tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la oladi. Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi 
uning xarid narxidan yuqori bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat 
tadbirkorligini amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi. 
Moliyaviy tadbirkorlik.
Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab 
qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. 
Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va 
boshqalar), valyuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga 
xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish 
uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valyuta birjalari va 
boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. 
Jamoa tadbirkorligi. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin