O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Siz nomidan keyin MChJ degan 
qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, 
«Coca-Cola Ichimligi» nomidan keyin MChJ (inglizcha LTD – limited) 
qisqartmasi mavjud bo‘lib, bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni 
anglatadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari 
bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat. U bir 
yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, 
yuridik shaxs hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turlari 
mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va 
korporatsiyalardir. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish 
tartibi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda ifodalangan. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini 
qo‘shish orqali shakllantiriladi. U bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobaridan 
kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 50 nafardan 
oshmasligi lozim. Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan oshib ketsa, 
jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak bo‘ladi. Jamiyat a’zosi o‘z 
ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan o‘tkazishi va sotishi mumkin. 
Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina kompaniyaga kiritgan hissalari 
doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos. Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari 
o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun- chiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan 
dividend summalariga nisbatan soliq hisoblanadi. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning afzalliklari
. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy kor-xonadan farqli o‘laroq, 
ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi 
mablag‘larni jamlash imkoniga ega. Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs 
ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar 
ta’sischi bo‘lishi mumkin. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining 
javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar korxona 
faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy 
faoliyatini ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin