Tadbirkorlik shakllari.
Tadbirkorlik
turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik
shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik shakli
– faoliyat
yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat
idoralari bilan munosabati
jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir. Tadbirkorlikning muayyan shakli
bozorning holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi.
Tadbirkorlikning asosiy shakl-lariga
yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa
tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga
xos xususiyatlarini keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlari
. Jahon amaliyotida o‘zining faoliyat ko‘lami
bo‘yicha xo‘jalik yuritish imkoniyatlari cheklangan tadbirkorlik sub’yektlarini
ajratib olish tajribasi mavjud. Chunki ushbu tadbirkorlik sub’yektlari
davlat
tomonidan qo‘llab quvvatlanmasa, zarur shart-sharoitlar
yaratib berilmasa, ular
boshqa yirik korxonalar oldida raqobatdoshligini yo‘qotib, o‘z faoliyatini
to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Ular kichik tadbirkorlik
yoki kichik biznes
sub’yektlari deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: