Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini ajratishda dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin :
– ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni;
– asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi;
– foyda (daromad) hajmi;
– mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar.
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat turi va ushbu sohada
ishlovchilar soniga qarab belgilanadi.
Mikrofirma . O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining bir
ko‘rinishini mikrofirmalar tashkil etadi. Mikrofirmadagi ishlovchilarning o‘rtacha
yillik soni quyidagi chegaradan oshmasligi lozim. •
Ishlab chiqarish sohasida 20 nafar; •
Xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 5 nafar; •
Ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 10 nafar.
Bundan ko‘rinadiki, agar siz kitob do‘koni ochsangiz va unda 3 nafar sotuvchi
ishlasa, u holda sizning korxonangiz mikrofirma deb yuritiladi.
Kichik korxona. Ishlovchilar soni jihatidan mikrofirmadan kattaroq
bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’yekti kichik korxonadir.
Kichik korxonadagi ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni quyidagi chegaraga qadar
bo‘lishi belgilangan:
• Yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida 200 kishigacha; •
Metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel
sanoatida 100 kishigacha;
• Mashinasozlik, metallurgiya, yonilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab
chiqarish sohalarida 50 kishigacha;
•Ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa
noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha.