O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Fermer xo‘jaligi
. Qishloq joylaridagi yanada yirikroq tadbirkorlik shakli – bu 
fermer xo‘jaligidir. Fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlar 
mahalliy kengashlar tomonidan meros qoldirish huquqi bilan 50 yilgacha 
muddatga ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi ham mehnatga layoqatli yoshdagi oila 
a’zolaridan, ham yollanma ishchilardan foydalanishi mumkin. Fermer xo‘jaligi 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tovar shaklida, ya’ni, asosan, bozorda sotish uchun 
ishlab chiqaradi. U yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilib, boshqa iqtisodiy 
sub’yektlar bilan mustaqil ravishda xo‘jalik munosabatiga kirisha oladi.
Agrofirmalar.
Agar siz nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish
balki ularni qayta ishlash orqali ham o‘z tadbirkorlik daromadingizni oshirishni 
istasangiz, u holda agrofirma faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin. Agrofirma 
yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etiladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash, ularni ichki va tashqi bozorlarda 
sotish agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlik.
Bеlgilаngаn tаrtibdа ro‘yхаtdаn o‘tgаn vа 
yuridik shахs tаshkil etmаgаn hоldа tаdbirkоrlik fаоliyatini аmаlgа оshirаdigаn 
jismоniy shахs yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоr hisоblаnаdi. Yuridik shахs tаshkil 
etmаgаn hоldа tаdbirkоrlik fаоliyatini аmаlgа оshiruvchi, birоq yakkа tаrtibdаgi 
tаdbirkоr sifаtidа ro‘yхаtdаn o‘tmаgаn jismоniy shахslаrgа sоliq sоlish vа ulаrgа 
nisbаtаn jаvоbgаrlik chоrаlаrini qo‘llаsh mаqsаdidа yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоr 
sifаtidа qаrаlаdi. Yuridik shахs tаshkil etgаn hоldаgi oilаviy tаdbirkоrlik. “Оilаviy 
tаdbirkоrlik to‘g‘risidа”gi Qоnunning 1-mоddаsigа muvоfiq оilаviy tаdbirkоrlik 
оilа а’zоlаri tоmоnidаn tаvаkkаl qilib vа o‘z mulkiy jаvоbgаrligi оstidа dаrоmаd 
(fоydа) оlish mаqsаdidа аmаlgа оshirilаdigаn tаshаbbuskоrlik fаоliyati bo‘lib, o‘z 
ishtirоkchilаrining iхtiyoriyligigа аsоslаnаdi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin