O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Nаzоrаt sаvоllаri:
1. Tаdbirkоrlik turlаri vа shаkllаri hаqidа mа’lumоt bеring.
2. Mikrоfirmа, kichik kоrхоnа, хususiy kоrхоnа vа uning хususiyatlаrini 
tushuntirib bеring.
3. Mаs’uliyati chеklаngаn jаmiyat, uning аfzаlliklаri vа kаmchiliklаri nimаlаrdаn 
ibоrаt? 
4. Qishlоq jоylаridа tаdbirkоrlik: shахsiy yordаmchi хo‘jаlik, dеhqоn хo‘jаligi, 
fеrmеr хo‘jаligi vа аgrоfirmаlаr fаоliyati qаndаy tаshkil etilаdi? 
3.Mavzu:Tadbirkorlikda oʻz oʻzini band qilish faoliyati va uning 
imkoniyatlari 
Reja:
1.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari. . 
2.Oʻz oʻzini band qilish faoliyat yoʻnalishlari.
3.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish va daromad topish istagidagi 
nafaqat yoshlar, xotin qizlar, balki aholi uchun 2019 yildan boshlab o‘zini o‘zi 
band qilish faoliyatiga huquqiy maqom berilib, bunda norasmiy ishsizlikni oldini 
olish va kamaytirishdir. 
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar kimlar, keling ushbu faoliyatga kengroq 
to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish 
orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Ya’ni jismoniy va yuridik 
shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha mehnat faoliyatini 
mustaqil amalga oshiradigan, YaTT sifatida ro‘yxatga olinmagan va yollanma 


xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan 
fuqarolar hisoblanadi. Ularning faoliyati 2020 yil 8 iyundagi 4742 sonli PKaror va 
2020 yil 24 dekabrdagi VMning 806 sonli karor bilan tartibga solinadi. 2021 yil 1 
iyun holati bo‘yicha 68 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish mumkin. 
Xohishiga ko‘ra, ularning bir nechtasini xam tanlash mumkin.
 
2022_yil_1_fevraldan jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs 
sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi. 2022 
yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur 
bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, 
UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq 
daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan 
sub’ektlar uchun foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan 
olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida 
olingan 
daromadlari 
jismoniy 
shaxslar 
jami 
daromadlari 
tarkibiga 
kiritilmaydi.O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan belgilangan miqdorda 
to‘langan ijtimoiy soliq summalari asosida ularning mehnat staji hisobga olinadi. 
Masalan, repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, 
avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana 
ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin. o‘zini o‘zi 
band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band qilgan 
sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan 
holda maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin