•
mijoz bilan og‘zaki yoki yozma shartnoma tuzish;
•
chet ellik buyurtmachilar bilan shartnoma tuzmasdan ishlash;
•
norezidentlardan chet el valyutasida ishlar uchun to‘lovni qabul qilish.
Quyidagilar o‘zini o‘zi band qilganlarga mumkin emas: ruxsat berilgan faoliyat
turlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanish; yakka tartibdagi
tadbirkor bo‘lish; o‘z faoliyat turi bo‘yicha kimningdir qo‘lida ishlash; xodimlar
yollash; jismoniy va yuridik shaxslarga katta hajmli ish yoki xizmatni uzoq muddat
davomida ko‘rsatish. O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shartnoma asosida
tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi. O‘zini o‘zi
band qiladigan shaxslar “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar olishi
mumkin. Ushbu dastur doirasida kreditlar
Agrobank, Mikrokreditbank, Xalqbanki tomonidan ajratiladi. Kreditning asosiy
shartlari:
•
Summasi: - ta’minotsiz BHMning 150 barobarigacha, - ta’minot bilan BHMning
1000 barobarigacha, (bunda, bankdan hisobraqam ochish zarur);
•
Muddati: 3 yil, 6 oy imtiyozli davr bilan
•
Foizi: 14% (Markaziy bankning asosiy
stavkasi miqdorida) Zarur hujjatlar:
•
Ariza;
•
Pasport nusxasi;
•
Hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
bo‘yicha
sektor
rahbari
tavsiyanomasi;
•
Tuman oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi
xulosasi;
•
Mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma.
Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs mehnat faoliyatini tugatmoqchi bo‘lsa,
oldindan davlat soliq xizmati organiga faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risidagi
bildirishnomani «SOLIQ» maxsus mobil ilovasi yoki shaxsiy kabinet orqali
yuborishi lozim. Demak, ushbu ishlar nafaqat yoshlar va xotin qizlar balki aholini
tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni
kamaytirishga va axolining uz uzini bandligi ta’minlash xamda iktisodiy
yuksalishga qaratilgandir.
Nazxorat savollari:
1.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari. .
2.Oʻz oʻzini band qilish faoliyat yoʻnalishlari.
3.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
Dostları ilə paylaş: