O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini ajratishda



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini ajratishda 
dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin
:
– ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni; 
– asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi;
– foyda (daromad) hajmi;
– mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar.
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat turi va ushbu sohada 
ishlovchilar soniga qarab belgilanadi.
Mikrofirma
. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining bir 
ko‘rinishini mikrofirmalar tashkil etadi. Mikrofirmadagi ishlovchilarning o‘rtacha 
yillik soni quyidagi chegaradan oshmasligi lozim. • 
Ishlab chiqarish sohasida 20 nafar; •
Xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 5 nafar; •
Ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 10 nafar.
Bundan ko‘rinadiki, agar siz kitob do‘koni ochsangiz va unda 3 nafar sotuvchi 
ishlasa, u holda sizning korxonangiz mikrofirma deb yuritiladi.
Kichik korxona.
Ishlovchilar soni jihatidan mikrofirmadan kattaroq 
bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’yekti kichik korxonadir.
Kichik korxonadagi ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni quyidagi chegaraga qadar 
bo‘lishi belgilangan: 
• Yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida 200 kishigacha; •
Metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel 
sanoatida 100 kishigacha;
Mashinasozlik, metallurgiya, yonilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab 
chiqarish sohalarida 50 kishigacha;
•Ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa 
noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha.



Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin