O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Jamoa tadbirkorligi
– bu bir guruh fuqarolarning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan 
mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari 
va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi 
faoliyati firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
Firma
– muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga 
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan 
erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari juda ko‘p, ularni chizmada 
quyidagicha tasvirlash mumkin (2-chizma) 
Xususiy firma
deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo‘lgan, yakka 
xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko‘rsatadigan korxona tushuniladi.
Shirkat firma
bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan 
olinadigan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
Shirkat firmalarining ikki turi mavjud: 
- mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlar. 
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar
. Ikki yoki undan ko‘proq kishilarning 
mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav 
kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav 
fondiga qancha pul qo‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordiyu firma sinsa, 
sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining 
javobgarligini ham zimmasiga oladi. 
Shirkat a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim(shаrtnоmа) shirkatning huquqiy asosi 
hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
- har bir hamkorning vakolatlari;
- bitimning muddati; 
- har bir vakilning umumiy ishga qo‘shgan ulushi;
- daromadlar va yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni o‘zaro bo‘lish 
yo‘lyo‘riqlari;
- uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo‘lgan aniq va 
belgilangan pul hajmi; 
- uyushmada amalga oshirish zarur bo‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
- yangi hamkorni qabul qilish tartibi; 
- shirkatni tarqatib yuborish tartibi.


Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, 
xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a’zo bo‘lishi 
mumkin. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin