turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish
tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la oladi. Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi
uning xarid narxidan yuqori bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat
tadbirkorligini amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi.
Moliyaviy tadbirkorlik.
Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab
qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin.
Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar,
obligatsiyalar va
boshqalar), valyuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga
xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish
uchun
tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valyuta birjalari va
boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
Jamoa tadbirkorligi.
Dostları ilə paylaş: