uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini
jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor
ulanadi);
mikroprotsessor xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida
bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga
yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi.
Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi
mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish,
qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta‘minlay olmaydi;
registrlar – uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez
ishlovchi xotira uyalari
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ
uyalaridan farq qiladi);
mikroprotsessorning interfeys tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan
ulanib, aloqa bog‘lashni ta‘minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi
va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari
Zamonaviy rotsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan
mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya‘ni u umumiy maydoni
atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall
holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga
protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan.
Ushbu
kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi
korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun
metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel
ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p
protsessorli tizimlar deb ataladi. Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor
1971 yilda Intel firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda
mikroprotsessorlarning bir
necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida
Intel va AMD firmalari tomonidan
ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko‘p tarqalgani mikroprotsessorlar
deb e‘tirof etilmoqda.
Mikroprotsessorning tuzilishi
Boshqaruv qurilmasi
Boshqaruv qurilmasi funktsional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi
sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh) vositasida
mashinaning barcha bloklariga etib boradigan boshqaruv signallarini
shakllantiradi. Komandalar registri – xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda
komanda kodi, ya‘ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok
etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.
Komandalar registri Mpning
interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok
ichida
joylashgan. Operatsiyalar deshifratorlari – mantiqiy blok bo‘lib, komandalar
registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab
chiqish yo‘llaridan birini tanlaydi. Mikrodasturlarni xotirada doimo‗saqlovchi
qurilma (XDSQ) – ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari
bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z
uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi. Deshifrator tomonidan operatsiya
kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi boshqaruvchi signallarning zaruriy
izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi. Manzil
shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) – komandalar
registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr)
uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma. Ma‘lumotlarning kodli
shinasi, manzillar va yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi
sanaladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga
oid arifmetik va mantiqiy
operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi. Funktsional
jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan
(mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan. Summator – kirish qismiga
kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi
bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega. Uzunligi
turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari:
registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid
razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida
operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga etgach –
natija joylashadi;
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib,
operatsiya
yakuniga etgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi.
1- registr axborotni
ma‘lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi
mumkin. Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv
qurilmasidan boshqaruv
signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori
ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi.
AMQ arifmetik (Q, – , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd
etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya‘ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan
bajaradi. O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus
tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: