1. Tezkor hotirani ishlatish usullari?
2. DRAM Timing Selectable (Timing Mode) nima?
3. Configure DRAM Timing by SPD (Memory Timing by SPD) nima?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy
kompyuter
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖
Toshkent-2021
Internet saytlari
3.
Arxiv.uz
4.
Ziyonet.uz
19-Mavzu:Xotirani o„rnatish bilan bog„langan qo„shimcha xotirani
o„rnatish va chegaralash
Reja:
1.
Kompyuter
xotira qurilmalari
2.
Magnitli saqlash qurilmasi.
3.
Optik saqlash qurilmasi.
4.
Elektr saqlash qurilmasi
Kompyuter xotira qurilmalari haqida
Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so'ng, tezkor xotira(
ОЗУ
)dagi
barcha
ma'lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda, o'chgan
ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni
saqlashda,
elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan
foydalaniladi.
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani
saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari
quyidagi turlarga
bo'linadi:
Magnitli saqlash qurilmasi.
Optik saqlash qurilmasi.
Elektr saqlash qurilmasi.
Endi har bir turiga qisqacha to'xtab o'tamiz.
Magnit saqlash qurilmalari
kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash vositasi
hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha ma'lumotlar
magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi xotiradan, barcha
turdagi
kompyuterlar(ishchi
kompyuterlar,
serverlar,
portative
kompyuterlar,..)foydalanishadi.
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi:
— Qattiq disklar(HDD).
— Egiluvchan disklar(floppi disk).
— Magnit lentalar.