mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb
ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan
aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir
qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron
plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi
kompyuterlar ta‘mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiqish
va o`zgartirish imkoniyatini beradi. Sistema platasi kompyuterning asosiy
platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira,
shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba‘zi bir qurilmalar, ishni
boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda.
Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali
kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-
chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa
qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va
boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari
parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni
tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u
televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar.
Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman
aytganda zararli, shuning uchun ham ba‘zi kompyuterlarda past radiatsiya
(Lower adiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga
ta‘siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi
yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta
Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta‘sirini ancha kamaytirilishiga
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning
tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va
vertikalidagi nuqtala soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash
qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli monitorda
1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari,
monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar
(nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga
teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez
ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez
ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari
ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: