O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko


ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. 
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 
Mikroprotsessor (MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo‘lib, mashinaning barcha 
bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va 
mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga 
quyidagilar kiradi:

boshqaruv qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari 
va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan 
boshqaruv 
signallarini 
(boshqaruv 
impulslarini) 
shakllantirib, 
mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi;

bajarilayotgan 
operatsiyada 
foydalaniladigan 
xotira 
uyalarining 
manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi;

mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli 
impulslar generatoridan oladi; 

arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan 
bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish 


uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini 
jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor 
ulanadi); 

mikroprotsessor xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida 
bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga 
yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi.

Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi 
mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish, 
qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta‘minlay olmaydi;

registrlar – uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari 
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ 
uyalaridan farq qiladi); 

mikroprotsessorning interfeys tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan 
ulanib, aloqa bog‘lashni ta‘minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi 
va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari
Zamonaviy rotsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan 
mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya‘ni u umumiy maydoni 
atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall 
holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga 
protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. 
Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi 
korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun 
metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel 
ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p 
protsessorli tizimlar deb ataladi. Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 
1971 yilda Intel firmasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda 
mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida 
Intel va AMD firmalari tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko‘p tarqalgani mikroprotsessorlar 
deb e‘tirof etilmoqda. 
Mikroprotsessorning tuzilishi 
Boshqaruv qurilmasi 
Boshqaruv qurilmasi funktsional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi 
sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh) vositasida 
mashinaning barcha bloklariga etib boradigan boshqaruv signallarini 
shakllantiradi. Komandalar registri – xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda 
komanda kodi, ya‘ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok
etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi. Komandalar registri Mpning 
interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida 
joylashgan. Operatsiyalar deshifratorlari – mantiqiy blok bo‘lib, komandalar 
registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab 
chiqish yo‘llaridan birini tanlaydi. Mikrodasturlarni xotirada doimo‗saqlovchi 
qurilma (XDSQ) – ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari 
bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z 
uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi. Deshifrator tomonidan operatsiya 


kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi boshqaruvchi signallarning zaruriy 
izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi. Manzil 
shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) – komandalar 
registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) 
uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma. Ma‘lumotlarning kodli 
shinasi, manzillar va yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi 
sanaladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi. Funktsional 
jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan 
(mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan. Summator – kirish qismiga 
kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi 
bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid razryadlik darajasiga ega. Uzunligi 
turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari:

registr (Pr1) ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid 
razryadlik darajasiga ega. Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida 
operatsiyada ishtirok etayotgan birinchi son, operatsiya yakuniga etgach – 
natija joylashadi; 

Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, 
operatsiya 

yakuniga etgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 
1- registr axborotni 
ma‘lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali uzatishi 
mumkin. Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv 
qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori 
ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi. 
AMQ arifmetik (Q, – , *, :) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng qayd 
etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya‘ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan 
bajaradi. O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli 
sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus 
tuzilgan dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin