o‘tkazgichli mikrosxemalar 80-100 darajadan ortiq haroratga chidolmaydi.
Ozgina
qizib ketsa ham, ular yo‘o‘chib qoladi, yoki ishdan chiqadi.
Protsessorning korpusini sovutish uchun katta miqdorli qovurg‘alarga ega
bo‘lgan alyuminiy yoki misdan yasalgan og‘ir radiatorlardan foydalaniladi (5-
rasm). Ularni ventilyator havo‘bilan puflab turadi. Ventilyator uchun "kuler"
(inglizcha, "cooler" - muzlatgich, issiqlikni oluvchi) atamasi ommaviydir. Bir
qator tizimli platalar u chiqarayotgan va ko‘tarilayotgan shovqinni kamaytirish
uchun ventilyatorning aylanish tezligini tartibga solib tura oladi.
5-rasm. Protsessorni sovutish uchun kulerli radiator:
a) to‘g‘ri burchakli; b) Silindr shaklli
Misol sifatida 6-rasmini ko‘rib chiqamiz. Unda Celeron va Pentium
protsessorlariga mo‘ljallangan, ancha mashhur va ommalashgan AT shaklli
omilining tizimli platasini chizmasi keltirilgan.
6-rasm. Soltek SL-63AV tizimli platasi.
Tepadagi chap burchakda kengaytiruvchi slotlarning an‘anaviy to‘plami:
turli xildagi kartalarni o‘rnatishga mo‘ljallangan ikkita ISA va uchta PCI sloti
hamda zamonaviy videoadapter uchun AGP sloti joylashgan.
Shuni ta‘kidlashimiz
mumkinki, tizimli platalarda ISA slotlarini
o‘rnatmaslikka harakat qilinadi, ularning o‘rniga bitta AMR slotini yoki ovoz
kartasi, yoki modem uchun mo‘ljallangan, AC'97 spetsifikatsiyasini qo‘llab-
quvvatlovchi CNR sloti montaj qilinadi. O‘ngda esa Intel korporatsiyasining
protsessorini o‘rnatish uchun katta soket joylashgan. Ushbu holatda – bu Soket
370 dir (Pentium, AMD K5 hamda K6 protsessorlari
uchun keng tarqalgani
Socket7 edi). Pentium 4 protsessorlari uchun boshqacha jaylashtirilgan va
kontaktlari soni boshqacha bo‘lgan soketlar ishlatiladi. Athlon va Duron
protsessorlari uchun Socet A dan foydalaniladi. Tizimli plataning pastida 168
kontaktli DIMM modullarini o‘rnatish uchun uchta slot joylashgan. Shuni
ta‘kidlab o‘tish lozimki, xotira modullari uchun 2 tadan 4 tagacha miqdorda
bo‘lgan slotlar ko‘pincha plataning o‘ng qanotida o‘rnatiladi.
Ta‘minotning ajratish joyi (raz‘yom) amalda doimo‘plataning yuqori o‘ng
burchagiga yaqin joylashgan bo‘ladi. 6-rasmda ko‘rsatilgan
tizimli plata ham
bundan mustasno‘emas. Ammo‘ushbu holatda ishlab chiquvchilar (loyihachilar
ma‘nosida) AT shakli-omili singari bo‘lganidek, ATX shakl-omilining ham
iste‘mol bloklarini ishlatish imkoniyatini beruvchi ikki turning ham
raz‘yomlarini taqdim etgan.
Bunday yondashuv tipik emas, ammo‘o‘zlari kompyuter yig‘adigan
foydalanuvchilar orasida juda mashhur.
Ko‘rib chiqilayotgan tizimli plata AT shakl-omiliga ega bo‘lgani uchun unda
faqat klaviaturani
ulash uchun ajratish joyi bor, xolos. U o‘ng tepa burchakda
joylashgan. ATX shakl-omilga ega bo‘lganda esa tizimli platada ketma-ket va
parallel ulanadigan interfeyslar uchun ham uzilish joylari (raz‘yomlar)
o‘rnatiladi. Pastki chap burchakda kompyuterning chap paneliga chiqaruvchi
indekatorlar va tugmachalarni ulash uchun kontakt maydonlari montaj qilingan.
Bu yerda, shuningdek, ichki dinamik va klaviaturaning qulfini (bu
qulfdan uni
korpusga o‘rnatish ham qulay) ulash uchun kontaktlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: