Tayanch iboralar:
Protsessor, Mikroprotsessor, registr, kesh
Kompyuter
arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi
uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy
e‘tibor mashinaning tuzilishi va funktsional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu
imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha funktsional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funktsiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga
axborotga
ishlov berish, saqlash va tashqi ob‘ektlar bilan axborot almashinish
kiradi.
Qo‘shimcha funktsiyalar esa asosiy funktsiyalar samarasini oshiradi, ya‘ni
mashina
ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan
mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta‘minlaydi.
EHMning
sanab o‘tilgan funktsiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari
va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi. Kompyuterning tuzilishi –
kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar
tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo‘yicha
umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o‘rnatiladigan yoki qo‘lda olib
yuriladigan EHM.
ShK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yakka xaridor imkoni doirasidagi mo‘tadil narxi;
atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo‘yilmagan
tarzda
muxtor ishlashi;
arxitekturaning fan, ta‘limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida
turlicha qo‘llanilishga moslasha oladigan o‘zgaruvchanligi;
foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz
ishlay olishini
ta‘minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta‘minotlarning
mavjudligi;
ishining o‘ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).
Dostları ilə paylaş: